Axborot xarakteridagi suhbat metodidan, odatda, yangi mavzuni o„tish jarayonida foydalaniladi. O„qituvchi mavzu yuzasidan
114Бабанский Ю.К. Оптимизация процесса обучения (общедидактический аспект). – М.: Педагогика, 1977. – 174 стр.; Бабанский Ю.К. Ҳозирги замон умумий таълим мактабида ўқитиш методлари. – Т.: Ўқитувчи, 1990. – 277 б.; Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудова М., Адизов Б. Дидактика. – Т.: Фан, 1997. – 256 б.; Савин Н.В. Педагогика.
– Т.: Ўқитувчи, 1975. – 336 б.
110
o„quvchilar quyi sinflarda egallagan bilimlarini nazarda tutib ularni suhbatga jalb etadi. Masalan, 6-sinfda “Shaxs otlari” mavzusini o„tishda o„qituvchi o„quvchilarni 5-sinfda olgan bilimlariga tayangan holda sunbatga tortadi. Suhbatning asosini o„qituvchining savollari hamda o„quvchilarning og„zaki javoblari tashkil etadi.
–Ot so„z turkumi deganda nima nazarda tutiladi?
–Shaxs, narsa-buyum, o„rin-joy, tushuncha nomlarini bildirgan mustaqil so„zlarga ot deyiladi.
–Shaxs otlariga kim misollar aytadi?
–Bahrom, Gulbarchin; ota, ona, singil; shifokor, muallim, duradgor...
–Yozuvda nega ba‟zi shaxs otlari (masalan, Farrux, Mirfayz, Dildor) bosh harf bilan yoziladi-yu, ba‟zilari (masalan, kitobxon, chitfurush, amaki, xola, amma kabilar) kichik harf bilan yoziladi?
–Agar shaxs otlari atoqli ot bo„lsa, bosh harf bilan yoziladi. Agar shaxs otlari turdosh ot bo„lsa, kichik harf bilan yoziladi.
O„quvchilarning mavzu yuzasidan savollariga yoki javob topolmagan savollariga o„qituvchi javob berib boradi. O„quvchilarga yangi mavzu mazmuni axborot tarzidagi suhbat orqali singdiriladi.
Yozma ish (insho, bayon, diktant, ijodiy matn)lar tahlili(xatolar ustida ishlash)da ham axborot xarakteridagi suhbat metodidan foydalaniladi.
Mavzuni mustahkamlovchi suhbat metodi ham yuqoridagiga monand. Faqat farqi shundaki, bu metoddan yangi mavzuni yoki muayyan bo„lim, paragrafni o„tib bo„lgandan keyin foydalaniladi.
Axborot xarakteridagi suhbat metodi ham, mavzuni mustahkamlovchi suhbat metodi ham o„quvchilarning xotirasiga bog„liq bo„lib, ular o„quvchining qayta esga tushirish faoliyatiga mo„ljallab o„tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |