Morfemika bo„yicha: matnni diqqat bilan o„qish va fe‟l, ot, sifat yasovchi qo„shimchalarni ajratish:
ONA TILIMIZ
O‗tgan chorak asrdan ko‗proq muddat ichida respublikamizda, shubhasiz, katta ishlar amalga oshirildi. Qariyb oila tili darajasiga tushib qolgan, jamiyatda tutgan o‗rni zaiflashgan ona tilimizga yangitdan kuch ato etildi. O‗zbek tilining mamlakatimiz miqyosida amal qilish doirasi kengaytirildi, ming yillar davomida sayqallagan obro‗-e‘tibori tiklandi. Faxr etsak arziydigan, to‗laqonli davlat tiliga aylandi.
Ona tilida aniq fikrlang, adabiy tilda so‗zlashing, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo‗lmasin, ona tilini kamsitishlariga aslo yo‗l qo‗ymang.
Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‗zgarishiga qarab almashtirilsa. Onayizor, vatan, millat kabi tushunchalarning har biri betakrordir. Ona tili ham bitta. Agar o‗z xalqingiz orasida soqov va yot bo‗lib qolishni istamasangiz, ona tilini puxta o‗rganing, uni
114
boshingizga ko‗taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo‗la oladi, ammo faqat ona tilidagi bilimigina bekam-u ko‗st bo‗lishi mumkin. Ona tilimizni e‘zozlashni, qadrlashni va asrashni ma‘rifiy millatlardan o‗rganing.
Keyingi topshiriq sifatida matn tarkibini asos va qo„shimchalarga ajratish vazifasini berish ham mumkin.
Morfologiya bo„yicha: matnni diqqat bilan o„qish va matn tarkibidagi so„zlarni turkumlarga ajratish:
Bilingki,
O‗z tilini unutgan xalqning, Bog‗larida o‗sgan gullarni, Chirmab uxlar zaharli ilon. O‗z tilini unutgan xalqning, Osmonida porlamas quyosh–
Nur o‗rnida to‗kiladi tosh. (X.Davrondan)
Sintaksis bo„yicha: gaplarni diqqat bilan o„qish va kesimi uyushgan gaplarni ajratish:
1.O‗zbek tili o‗zligimiz, ozodligimiz ramzi, mustaqil yurtimizning ovozidir. 2.Tilimizni qadrlash, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalashda buyuk ajdodlarimizning bu boradagi ezgu a‘mollari biz uchun katta saboq, dasturilamaldir. 3. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy nasriy va nazmiy asarlarida tilimizning beqiyos go‗zalligini, fasohatini, boy va betakrorligini namoyon etgan, ilmiy asarlarida yetuk tilshunos sifatida uning rivojlanish yo‗llarini tahlil qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |