O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Download 1.17 Mb.
bet54/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Orfografik tahlilda so„zning imloviy jihatiga e‟tibor qaratiladi. Chunonchi, Ona tili–bu millatning ruhi gapi tarkibidagi barcha so„zlar morfologik tamoyil asosida yozilgan.


  • Morfemik tahlilda so„zning morfemik jihatiga e‟tibor qaratiladi. Chunonchi, Ona tili–bu millatning ruhi gapining morfemik tahlili quyidagicha amalga oshiriladi:

    117




    so„zlar


    asos


    qo„shimchalar


    so„z yasov- chi


    shakl yasovchi qo„shimchalar


    so„z shakli yasovchi


    sintaktik shakl yasovchi


    tuslovchi


    turlovchi


    egalik


    kelishik


    ona tili


    ona, til








    -i




    bu


    bu










    -ning


    millatning


    millat












    ruhi


    ruh








    -i





    1. Morfologik tahlilda so„zning turkumiy jihatiga e‟tibor qaratiladi. Chunonchi, Ona tili–bu millatning ruhi gapining turkumiy tahlili quyidagicha amalga oshiriladi:




    mustaqil so„zlar


    yordamchi so„zlar


    so„z- gaplar


    fe‟l


    ot


    sifat


    son


    ravish


    taqlid


    olmosh


    ko„mak


    bog„lov.


    yukl.






    ona tili, millat-
    ning, ruhi










    bu











    1. Sintaktik tahlilda gapning tuzilish jihatiga e‟tibor qaratiladi. Chunonchi, Ona tili–bu millatning ruhi gapining sintaktik tahlili quyidagicha amalga oshiriladi:
    1. gap tuzilishiga ko„ra: sodda yoyiq gap;


    2. ifoda maqsadiga ko„ra: darak gap:


    1. grammatik asosiga ko„ra: ikki bosh bo„lakli gap (ruhi–kesim;




    ona tili–ega), to„liq gap;
    1. gapda so„zlar bog„lanishiga ko„ra: bitta moslashuvli tobe bog„lanish mavjud (millatning ruhi); teng bog„lanish–;


    2. gap bo„laklarining ifodalanishiga ko„ra: ruhi–ot kesim, turlangan mavhum ot bilan ifodalangan; ona tili–ega, turlangan qo„shma ot bilan ifodalangan; bu–sifatlovchi aniqlovchi, ko„rsatish


    118
    olmoshi bilan ifodalangan; millatning–qaratqich aniqlovchi, turlangan jamlovchi ot bilan ifodalangan.




    1. Darslik va o„quv qo„llanmalar bilan ishlash metodi. Mazkur metodning mohiyati nomidanoq ko„rinib turibdi. Odatda, bu metoddan o„qituvchilarning aksariyati foydalanadi. Ammo darslik va o„quv qo„llanmalar bilan ishlash metodidan muntazam foydalanish bolada (ayniqsa, iqtidorli o„quvchida) ijodiy tafakkur rivojiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.


    2. Ko„rgazmalar bilan ishlash metodi. Mazkur metod illyustratsiya (rasmlar, chizmalar, jadvallardan foydalanish), demonstratsiya (videoproyektor, kompyuter texnikasi, kinolenta, televizor kabi texnik vositalardan foydalanish), ko„rsatma (tabiiy predmetlardan, buyumlarning o„zidan foydalanish) metodlarini o„z ichiga oladi.

    Bir guruh olimlar o„qitish metodlarini ikki katta guruhga ajratadilar:


    1. O„qituvchi faoliyati bilan bog„liq metodlar.


    2. O„quvchi faoliyati bilan bog„liq metodlar.


    O„qituvchi faoliyati bilan bog„liq metodlar deganda esa –

    1. bilimlarni tayyor holda bayon etish;


    2. bilimlarni muammoli yo„l bilan bayon qilish metodlarini nazarda tutadilar. O„quvchi faoliyati bilan bog„liq metodlar o„z navbatida qayta xotiralash, qisman izlanuvchanlik va izlanishga asoslangan metodlarga bo„linadiki, ularning barchasi jamiyatga ijodiy tafakkur sohibini emas, bilimdon shaxsni yetkazib berishga moslashtirilgan an‟anaviy metodlardir.




    Ona tili ta‟limida bilim olishga mo„ljallangan zamonaviy metodlar. Ta‟lim ijodiy tafakkur sohibi, tadbirkor shaxsni tarbiyalashni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan bo„lsa, unda bunday maqsadga muammoli va tadqiqiy ta‟lim metodlari, induktiv ta‟lim, ya‟ni o„quvchida bilim hosil qilishga mo„ljallangan metodlar yetakchilik qilishi lozim. Ta‟lim metodi bilimni, shu asosdagi ko„nikma-odatni ta‟lim oluvchida qay metod bilan hosil qilish va o„z- o„zidan o„qituvchi-o„quvchining o„zaro aloqasi qanday bo„lishini taqozo qiladi. (Ijodiy tafakkur sohibi deganda nafaqat bilimni, balki bilish yo„llarini biladigan va ulardan foydalana oladigan shaxs nazarda tutiladi. U mustaqil, ijodiy fikrlovchi qanday sharoitda qanaqa bilim kerakligini va uni qayerdan olish mumkinligini – bilim manbayini va
    119
    undan foydalanish kalitini biladi. Ijodiy tafakkur sohibining ongini ko„zlari yumuq buloqqa qiyoslash mumkin. Ta‟lim beruvchining vazifasi buloqning ko„zini ochishdan iborat.115)
    Bunda ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchi orasidagi munosabat qanday bo„lishi lozim? Ona tili ta‟limida bilim olishga mo„ljallangan zamonaviy metodlar ta‟lim oluvchiga o„rganish jarayonining subyekti, ta‟lim beruvchiga esa mazkur jarayonning boshqaruvchisi, tashkilotchisi sifatida yondashadi. Shuning uchun ta‟lim jarayoni (dars mashg„ulotlari)da izlanishlarni, asosan, ta‟lim oluvchi bajaradi. Bu yo„nalishda kognitiv-pragmatik metoddan, ya‟ni kuzatish-u tahlildan qonuniyatga, xususiylikdan umumiylikka qarab intilishdan – bilim hosil qilish metodidan foydalaniladi. Ta‟kidlash joizki, an‟anaviy ta‟lim metodlari silsilasida uchramaydigan bu metod o„zbek didaktikasida milliy istiqloldan so„ng ommalashdi.
    Ona tili ta‟limida bilim olishga mo„ljallangan zamonaviy metodlar dastlab induktiv atamasi bilan nomlandi. Induksiya/induktiv (hodisadan →qonuniyatga) mohiyatan falsafiy-mantiqiy metod bo„lib, umuman, bilim hosil qilishning, aqliy amaliyotning bir ko„rinishidir va deduksiya (qonuniyatdan→hodisaga) metodiga qarama-qarshi turadi. O„zbek didaktikasida birinchi marta induksiya/induktiv ta‟lim metodi atamasi H.Ne‟matov va A.G„ulomovlar tomonidan ilk muhokamalar uchun nashr etilgan ona tilidan dastur116da qo„llanilgan. Keyingi yillarda induktiv atamasi ongli, verbal, kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi sifatida talqin etildi. (Kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi dunyoning rivojlangan mamlakatlari didaktikasida va psixologiyasida keng ommalashgan.117)
    Ona tili ta‟limida bilim olishga mo„ljallangan zamonaviy metodlar (induktiv yoki ongli, verbal, kognitiv-pragmatik ta‟lim metodi)dan foydalanilganda o„quv mashg„ulotlarida faol ishlovchi ta‟lim oluvchining o„zidir. Bunday mashg„ulotlarda ta‟lim oluvchilar berilgan materialni mustaqil tahlil (analiz) qila olishlari, ta‟lim


    115 Неъматов Ҳ., Ғуломов А. Мактабда тил сатҳларини ўзаро боғлаб ўргатиш. – Т.: РТМ, 1992. – 30 б.
    116 “Ўзбек тили”дан программа лойиҳалари – ИНДУКТИВ. “Ўзбек тили” доимий конференциясида муҳокама учун материаллар. 1-қисм. (Масъул муҳаррир: У.Н. Нурмуҳаммедов. Нашр учун масъул: З.Қ.Юнусова.)− Тошкент. ЎзХТВ. Жумҳурият ўқув-методика маркази. –1990. 27 б.
    117Ausubel D.P. Educational Psychology. A Cognitive View. – N.Y., 1968. – № 45.; Reynolds A.V., Flagg P.W. Conitive Psychology. – Cambr, 1997. – 32.
    120
    boshqaruvchisi yordamida natijalarni umumlashtirishlari (sintez) va hukm chiharishlari, hosil qilingan umumiylik (qonuniyat)ni amalda qo„llay olishlari, sinashlari va o„quv masalalarini yecha olishlari ko„zda tutiladi. Bu jarayonda ta‟lim beruvchining bosh vazifasi: “Ta‟lim oluvchilarda mustaqil fikr yuritish ko„nikmalarini hosil qilishdan iborat”.118

    Download 1.17 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   215




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling