Ona tili o„qitishda nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi tamoyili. Insonnining faol va bunyodkor ongi va tafakkurining mahsuli bo„lgan bilim insonni hayvondan farqladi. Ta‟lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bilimlar tizimidir. Lekin ta‟lim tizimi ta‟lim mazmuni tarkibiga kiritiladigan bilimlar silsilasiga o„ziga xos ravishda yondashadi–u ta‟lim oluvchiga berilishi, singdirilishi zarur bo„lgan bilimlarni ta‟lim maqsadi “elagi”dan o„tkazadi va, albatta, beriladigan bilimlarni pragmatik ahamiyati, ya‟ni olingan bilimlarni amaliy qo„llash– tatbiq va ijodliylik imkoniyatlari nuqtayi nazaridan baholaydi. Demak, o„quvchiga taqdim etilayotgan nazariyalar, albatta, pragmatik ahamiyatli – kishi hayoti davomida muntazam qo„llashi mumkin bo„lgan xususiyatlarga ega bo„lmog„i zarur.
Har bir yangi avlod hayotga qadam qo„yar ekan, ilgarigi avlodlar tajribasini o„rganadi hamda shu asosda yangi bilimlar yaratadi. Ta‟lim maqsadi bilan bog„liq ravishda ta‟lim oluvchida hosil qilinishi lozim
158
bo„lgan bilimlar hajmi va tabiati ijtimoiy zarurat bilan belgilanadi hamda tarbiyalanuvchining iqtidori bilan muvofiqlashtirilgan bo„lishi lozim. Zeroki, bilim maqsad, shaxsni faoliyatga yo„llash hamdа bilim~malaka va ko„nikmalar zanjiri asosini tashkil etadi. Bilim, xususan, umumiy o„rta ta‟lim bosqichida ta‟lim oluvchi egallashi lozim bo„lgan bilimlar malaka va ko„nikmalar hosil qilish bilan, ya‟ni o„quvchining ijodiy ~ amaliy tatbiq faoliyati bilan uzviy bog„liq bo„lishi bilan xarakterli.
Har bir mutaxassis hozirda o„quvchiga ona tili mashg„ulotlari orqali berilayotgan bilim bola uchun, uning bo„lg„usi amaliy faoliyati uchun zarurmi, degan savolni nazaridan qochirmasligi zarur. Zero, ta‟lim jarayonida beriladigan bilimlar, ayniqsa, umumta‟lim tizimida, amaliyligi, pragmatik qiymati bilan belgilanishi juda-juda zarur. Bilim haqida gap borganda bilim berish bilan birga bolalarda bilim olish, bilimni egallash yo„llari–lug„at, qomus, ensiklopediya, ma‟lumotlar majmuasi (spravochniklar), internet tizimi kabi axborot banklaridan amaliy foydalanish ko„nikmalari hosil qilishga alohida e‟tibor berish kerak.Ona tili ta‟limining samarasi o„quvchining olgan lingvistik bilimini emas, ona tili imkoniyatlarini egallash va mustaqil tafakkurining o„sish darajasini belgilamog„i lozim.
Demak, o„quv dasturlarida belgilangan mavzularni o„quvchiga faqat nazariy jihatdan yetkazilishi uni toliqtiradi, zeriktiradi va keyinchalik yodidan tez ko„tarilishiga olib keladi. O„quvchi dars jarayonida egallagan har bir nazariy bilimidan amaliyotda foydalana olishi, o„qituvchi esa o„quvchi egallagan bilimning ijtimoiy hayotning qay bir jabhasida muhimligini bolaga singdira olishi zarur. Bunda o„qituvchi o„qitishning turli xil metodlari, shakllari, vositalaridan foydalana olishi, to„g„rirog„i, boy metodik bazaga ega bo„lmog„i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |