O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Kuzatish-darslikdagi o„quv topshirig„iga yondosh, ammo aynan bo„lmagan topshiriq asosida til hodisalarini kuzata olish; Izlanish


Download 1.17 Mb.
bet75/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Kuzatish-darslikdagi o„quv topshirig„iga yondosh, ammo aynan bo„lmagan topshiriq asosida til hodisalarini kuzata olish;

Izlanish-o„ylash, xotirada tiklash, so„rash, lug„at qomus, ma‟lumot manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyita olish;
Alohidaliklarni sharhlash-berilgan va o„zi davom ettirgan siradagi har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish;
Qiyoslash- siradagi hodisalarni o„zaro qiyoslay olish;
Umumiylikni aniqlash–siradagi hodisalarning o„xshash, umumiy tomonlarini aniqlay olish;
Farqlarni topish–siradagi hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini aniqlay olish;
Tasnif etish- siradagi hodisalarni o„xshashlik va farqlari asosida guruh hamda guruhchalarga ajrata olish;
Hukm chiqarish–hodisalar sirasi haqida umumlashma (hukm, xulosa, qoida) chaqara olish;
Alohidaliklarni aniqlash–o„rganilgan hodisalarning yondoshlari (ma‟nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari, zidlari va h.) bilan munosabatlarini (yaqinlik, o„xshashlik va farqlarini) aniqlay olish;
Qo„llash–hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og„zaki shakllarda sharhlab, ijodiy matn tuza olish –
ularda xayol, diqqat xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik jihatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish, mustaqil ijodiy faoliyat ko„rsatishga samarali ta‟sir ko„rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o„quvchi shaxsini rivojlantiradi.
Ona tili darslarida ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo„yilishi ta‟lim, tarbiya va rivojlanishning uyg„unligi tamoyilining talabi asosidadir.
Ona tili o„qitishda ilmiylik va tushunarlilik tamoyili. Ta‟limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarli bo„lish tamoyili o„zaro bog„langan, bir-birini taqozo etuvchi didaktik kategoriyalar hisoblanadi. O„qitishning ilmiylik tamoyili ta‟lim mazmunida belgilangan o„quv materialini soha yutuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, ta‟limning bolalar uchun tushunarlilik tamoyili o„quv materiallarini bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyoti hamda bilish imkoniyatlariga, shuningdek, yashash sharoiti va ularning saviyasiga moslab bayon qilishni talab
154
etadi. Ta‟lim jarayoni mantig„i bu tamoyillarga o„zaro aloqadorlikda qarashni talab etadiki, bunga ko„ra ona tilidan har bir sinfda o„rganiladigan o„quv materiali hajm hamda mazmun jihatidan bir- biridan farq qiladi.
Ta‟limning barcha tur va bosqichlari, jumladan, o„rta umumta‟lim maktablarida ona tili o„quv predmeti o„zbek tilshunosligi qo„lga kiritgan so„nggi yutuqlarga tayanadi. Ona tili o„qitishda ilmiylik tamoyili o„quvchilarda fan(o„zbek tilshunosligi)da qat‟iy hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar asosida malaka va ko„nikmalar hosil etishni talab etadi. Ammo maktab o„quvchisiga fan yutuqlarini asl holatidagi ilmiylik darajasida berib bo„lmaydi. Masalan, O‗zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida hosil bo‗ladi jumlasini bola “hazm qilolmaydi”. Shu bois mazkur jumla maktab darsliklariga Gapning markazi kesimdir. Kesim boshqa gap bo‗laklari bilan kengaya oladi shaklida berilgan.
(Shu o„rinda ta‟kidlash lozimki, bolaga o„zbek tilshunosligi qo„lga kiritgan yutuqlar asosidagi barcha bilimlarni berishning aslo hojati yo„q.)
Xo„sh, o„rta umumta‟lim maktablarida ona tili o„quv predmeti ta‟limi jarayonida o„quvchiga qancha va qanday ilmiy ma‟lumotlarni berish zarur? To„g„ri, o„rta umumta‟lim maktablarida ona tili o„quv predmeti ta‟limi jarayonida o„quvchiga berilishi zarur bo„lgan bilimlar va uning miqdori ona tili ta‟limi mazmunida belgilab qo„yilgan. Ammo o„qituvchi ta‟lim mazmunida belgilanganlarni o„quvchiga ona tili ta‟limining bosh maqsadi nuqtayi nazaridan singdirishi muhim. Zero, ona tili ta‟limi jarayonida o„quvchining so„z boyligini oshirish, so„zlarning ma‟no nozikliklari, farq va o„xshashliklarini his qilish va anglab yetish, bexato talaffuz qilish va yozish, so„zlarni bog„lab gap, gaplardan esa matnlar tuza olish, birikmalardagi ma‟noviy va grammatik, matnlardagi mantiqiy xatoliklarni topish va tuzatish, bir fikrni turli vositalar bilan ifodalash, uzilgan fikrning davomini tiklash kabi qator mantiqiy operatsiyalarni bajarish, nutq vaziyatini to„g„ri baholash va til imkoniyatlaridan unga mos ravishda foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish va malakasini o„stirish, o„quvchiga mana shu vazifalar uchun zarur bo„lgan muhim fonetik, leksik va grammatik qoidalarnigina berish, fikrni ifodalash va anglashning turli mexanizm va usullarini, ularni turli nutq sharoitiga mos ravishda qo„llash yo„llarini tavsiya etish, bunga asoslangan mashq va topshiriqlar
155
tizimini ishlab chiqish, voizlik mashg„ulotlariga e‟tibor ustuvor vazifa sanalib, uncha chuqurlashtirilmagan lingvistik bilimlar ana shu vazifalar “soyasi”da bo„lmog„i, o„quvchining aqliy faoliyati zinhor lingvistik qoidalar va til qurilishiga doir bilimlar bilan band qilib qo„yilmasligi kerak. Zero, davr o„quvchilarga o„zbek tili qurilishi haqidagi bilimlarni emas, balki ona tili imkoniyatlarini egallash mexanizm va usullarini berishni taqozo qilmoqda.
O„rta umumta‟lim maktablari ona tili dastur va darsliklarida ilmiylik hamda tushunarlilikni ta‟minlash masalasiga hamisha ona tili ta‟limi maqsadi nuqtayi nazaridan yondashish shart.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling