O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


maqsad~mazmun~usul~vosita~ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatlari


Download 1.17 Mb.
bet71/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

maqsad~mazmun~usul~vosita~ta‟lim beruvchi~ta‟lim oluvchi munosabatlari

tizimining 4- va 5-bo„g„inlari – bu birinchi navbatda ko„p ming kishilik o„qituvchilar jamoasining ko„nikmalarini, ish usullarini tubdan yangilash bilan uzviy bog„liqdir.


Bizga ma‟lumki, ta‟lim maqsadi bilimdon, barkamol shaxsni yetishtirishni nazarda tutsa, bunda retroskopik usullar, deduktiv ta‟lim yetakchilik qilishi shubhasizdir, chunki ta‟lim maqsadi shuni taqozo qiladi. Ta‟lim ijodiy tafakkur sohibi, tadbirkor shaxsni tarbiyalashni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan bo„lsa, unda bunday maqsadni amalga oshirish uchun muammoli va tadqiqotchilik usullari, induktiv ta‟lim yetakchilik qilishi lozim. Ta‟lim usuli bilim, shu asosdagi ko„nikma, malakani o„quvchida qanday usul bilan hosil qilish o„qituvchi-o„quvchining o„zaro subyekt-subyekt munosabatga kirishishini taqozo qiladi. Shuningdek, ta‟lim vositasi hisoblangan o„quv darsligi ham shunga mos bo„lmog„i zarur, chunki bu ta‟lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta‟minlashda asosiy o„rinlardan birida turadi.
Xalqimizda “Chaynab bergan osh bo„lmas” yoki “Tayyor berganning qadri bo„lmas” kabi hikmatlar bor. O„zbek pedagogikasi, didaktikasi va psixologiyasida bixeoviristik nazariyaga asoslangan hamda XIX asr oxiri XX asrning boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy talablarga javob beradigan retroskopik-retseptiv usulda bilimdon ijrochini yetishtirishga qaratilgan ta‟lim tizimi o„z vazifasini o„tab bo„lganligini, yangi davr – tugal bozor iqtisodi davri tamoman boshqa shaxsga – mustaqil ijodiy tafakkurga qodir tadbirkor shaxsga muhtoj ekanligi masalasi muhokamasi qariyb yigirma yil oldin kun tartibiga qo„yganligini hisobga olsak, endi farzandlarimizga mavzularni “tayyor osh” sifatida berishimiz ona tili ta‟limi maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikning ta‟minlanishiga to„sqinlik qiladi.
146
Ona tili darslarida o„quvchini ta‟lim jarayonining subyektiga aylantirish uchun mazkur o„quv predmeti mazmunini loyihalashishi, birinchi navbatda, ta‟limning umumiy maqsadi keyin esa o„quv predmeti maqsadlariga asoslanishi lozim. O„quv predmeti mazmunini loyihalash uchun ta‟limning bosh maqsadi va o„quv jarayonining xususiy maqsadlarini aniq bilish talab etiladi. Aks holda ta‟lim maqsadi bilan uning mazmuni orasidagi muvozanat yo„qoladi. Ta‟lim maqsadi bilan uning mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta‟minlash uchun muayyan didaktik qonuniyatlar, jumladan, o„quvchi shaxsini uzluksiz rivojlantirish, uni qo„llab quvvatlash tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Bunda, ayniqsa, o„quvchini har tomonlama qo„llab quvvatlashga erishish muhim ahamiyatga ega bo„lib, ta‟lim maqsadi bilan uning mazmuni orasidagi mutanosiblikni ta‟minlashda quyidagilarni e‟tiborga olish lozim:

1. Bola hayoti davomida foydalanishga zarurat sezadigan, ya‟ni amaliy ahamiyatli didaktik ishlanmalarni ta‟lim maqsadiga mos tarzda tanlash. Ona tili darslari bu borada juda katta imkoniyatlarga ega. Maktab o„qituvchilarning tajribalari shuni ko„rsatmoqdaki, ona tili darslarining mustaqil uy topshiriqlari sifatida –


kasb-kor – duradgorlik, oshpazlik, naqqoshlik, o„ymakorlik, tandakorlik, patdo„zlik, zardo„zlik, kashtachilik kabi;
o‗rin-joy –uy, chayla, kapa, kulba, koshona, saroy, muzey, maktab kabi;
qarindosh-urug‗ – 1) tug‗ilib o‗sgan oilasida: ota, ona, opa, singil, bobo, buvi; 2) ota tomondan: bobo, buvi, amaki, amma, amakivachcha, ammavachcha; 3) ona tomondan: bobo, buvi, tog„a, xola, tog„avachcha, xolavachcha; 4) turmush qurish natijasidagi qarindosh-urug‗lar: qaynota, qaynona, qaynaka, qaynopa, qaynuka, qaynsingil, qaynjiyan, qayniamaki, qayniamma, qaynitog„a, qaynixola kabi va boshqalar bilan bog„liq so„zlar;
ish qurollari 1) dalada ishlatiladigan ish qurollar; 2) muayyan o„rinni tozalashda ishlatiladigan ish qurollar; 3) oshxonada ishlatiladigan ish qurollar yoki 1) dehdon ishlatadigan ish qurollar; chorvador ishlatadigan ish qurollar; bog„bon ishlatadigan ish qurollar; mashinasoz ishlatadigan ish qurollar va h.);
amaliyotlar (bayram, tushlik, dars, raqs va h.);
mahsulotlar 1) O„zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar;
2) yurtimizda tayyorlanadigan shirinliklar; 3) respublikamizda nashr
147
etiladigan davriy matbuot nashrlari; 4) paxtadan tayyorlanadigan mahsulotlar va h.;
shaxs tavsifi (o„qituvchi, o„quvchi, shifokor, oshpaz, konchi va h.) bilan bog„liq ravishda berilgan topshiriqlar natijasida o„quvchilarda shu kasb-korga qiziqish, mehr qo„yish, uni o„rganish va o„zini hayotga shu kasb-hunar orqali tayyorlash singari amaliy ahamiyatga ega bo„lgan natijani qo„lga kiritish mumkin.
2. Ta‟lim mazmuni asosida tanlangan aniq o„quv modellarini belgilab berish. Shu maqsadda darslik zaruriy o„quv materialini to„liq bermasligi, balki undan faqat namunalar berib, uni to„ldirishni, kengaytirishni o„quvchining mustaqil izlanish faoliyatiga qoldirishi muhimdir. Ona tili imkoniyatlarini o„zida mujassamlashtirgan hamda o„quvchilar ona tili darslarida amaliy foydalanishlari uchun zarur axborot banklari – turli maqsadlarni ko„zlab tuzilgan lug„atlar, ma‟lumotnoma-qomus –ularning elektron variantlari, kompyuter dasturlari yo„qligi aniqlandi hamda shunday xazinani yaratish ishlariga kirishildi. Chunki bunday vositalarsiz ongli(kognitiv)- induktiv-pragmatik ta‟lim usuli ko„zlagan samarasini bera olmaydi. Bu ta‟lim usulining bosh omili – o„quvchining darslikda berilgan o„quv materiali bilan mutlaqo chegaralanmasligi, darslik topshiriqlari asosida axborot bankidan material topib uning ustida mustaqil izlanishidir. Shuning uchun bu usulda yozilgan maktab darsliklari odatda hajman k i ch i k bo„ladi; ular o„quv materialini to„liq bermaydi, uni topish, uning ustida ishlash mas‟uliyatini o„qituvchi rahbarligida o„quvchining o„ziga yuklaydi.
Ta‟lim faqatgina ijtimoiy tajribani yosh avlodga yetkazish vazifasini emas, balki jadallashtiruvchilik, ogohlantiruvchilik vazifasini ham bajarishi kerak. Bu o„rinda pedagogik hamkorlikning ahamiyati beqiyosdir. O„z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi pedagogik hamkorlikning asosini tashkil qiladi. Pedagogik hamkorlikning uyg„unlashtiruvchilik vazifasi subyekt-subyekt munosabatlarida yaqqol namoyon bo„ladi.
Ona tili ta‟limi jarayonida o„zaro hamkorlikni yo„lga qo„yish uchun o„quvchilarda ongli faoliyat ko„rsatish ko„nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o„rgatish alohida ahamiyatga ega. Pedagogik hamkorlikni amalga oshirish jarayoni nafaqat o„quvchida, balki o„qituvchida ham yangiliklarni qabul qilishga moyillikning ortishi, axborotlardan faol, maqsadga
148
yo„naltirilgan holda foydalanish imkonini rivojlantiradi; ham o„qituvchi, ham o„quvchini o„zining ichki quvvatlari va mayllarini faollashtirishga ko„maklashadi, ularni o„z-o„zini rivojlantirishga yo„naltiradi. Darvoqe, faylasuf R.Emerson to„g„ri ta‟kidlaganidek, “Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri – o„quvchiga hurmatda.”
Shuningdek, o„qituvchi go„yo bir bog„bon bo„lsa, o„quvchilarning har biri har xil gullardir. Har bir gul alohida parvarish talab qilganidek, har bir o„quvchi ham o„ziga alohida e‟tibor talab qiladi. Lekin bir o„quvchini e‟tibordan chetda qoldirdingmi, bas, u parvarishsiz qolgan gulga o„xshab qoladi, yo so„lib qoladi, yo o„zi xohlagan tomonga o„sib, go„zallik taratmaydi.
Pedagogik hamkorlikka asoslangan ona tili ta‟limi natijasi, tabiiyki, tezlikda ochiq-oydin namoyon bo„ladigan jarayon emas. Bunday ta‟lim jarayoni o„quvchining shaxsiy, yashirin rivojlanish tizimiga ta‟sir ko„rsatadigan pedagogik hodisa hisoblanadi. Pedagogik hamkorlikdagi ta‟lim voqelikni ochish usuli, kelajak sari borish yo„lini izlash imkoniyatidir.
Xullas, ta‟lim maqsadi aniq belgilanib olingandan keyin ta‟lim mazmuning, usul-u vositalarini ularga muvofiqlashtirish, o„quvchilarning ham, o„qituvchilarning ham ta‟limga tamoman yangicha munosabatda bo„lishlarini shakllantirish, ya‟ni o„quvchiga ta‟lim jarayonining subyekti sifatida qarash, umuman, talim jarayoniga tizim sifatida yondashish ona tili ta‟limining doimiy dolzarb masalasi bo„lib qolaveradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling