O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari va ularga ajratiladigan vaqtning (taxminiy) taqsimoti quyidagicha
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari va ularga ajratiladigan vaqtning (taxminiy) taqsimoti quyidagicha:Tashkiliy qism (salomlashish, davomatni surishtirish)–2-3 daqiqa; Uy vazifasini tеkshirish– 4-5 daqiqa; III.O„tilgan mavzuni xulosalash–2-3 daqiqa IV.Yangi mavzu ustida ishlash–13-15 daqiqa; Yangi mavzuni mustahkamlash–8-10 daqiqa; Darsni xulosalash–2-3 daqiqa; Uyga vazifa berish–3-4 daqiqa; VIII.Baholash va baholarni izohlash–2 daqiqa. Sinf o„quvchilarining darsga tayyorlik darajasi, o„zlashtirish uchun mo„ljallangan materialning hajmi, murakkablik darajasi kabilarga qarab vaqt taqsimoti o„zgarishi mumkin. Ba‟zan omilkor o„qituvchilar darsni o„quvchilarga yangi mavzuga oid o„quv topshiriqlarini bajartirishdan boshlaydi va uy vazifasini tekshirish, o„tilgan mavzuni xulosalash ishlarini yangi mavzuni o„zlashtirish jarayoni bilan bog„lab yuboradi. Ba‟zan baholash va baholarni 138 izohlash ishlarini ham dars tarkibiga singdiradi va tejalgan vaqtdan yangi mavzuni mustahkamlash yoki darsni xulosalash jarayonlarida unumli foydalanadi. O„rta umumta‟lim maktablarida o„qituvchining har bir soat darsga tayyorgarligini ko„rsatuvchi hujjat uning dars mazmunnomasidir. Dars mazmunnomasida o„qituvchi 45 daqiqalik darsni oldindan daqiqama- daqiqa, etapma-etap loyihalashtirib chiqadi. Dars samaradorligi, avvalo, o„qituvchining unga qay darajada hozirlik ko„rishiga bog„liq. O„qituvchi uchun darsga tayyorlanish eng mas‟uliyatli va eng muhim vazifadir. O„qituvchining darsga tayyorgarligi – dars uchun belgilagan maqsadi, tanlagan metod va usullari, o„quv topshiriqlari, ta‟lim vositalari–darsda ro„y berishi mumkin bo„lgan har qanday ilmiy, metodik, tarbiyaviy xato va kamchiliklarning oldini oladi. O„qituvchining darsga tayyorlanishi quyidagilarni o„z ichiga oladi: rejalashtirilgan dars materiali va hajmini aniqlash; rejalashtirilgan dars materiali manbalari–darslik va qo„shimcha adabiyotlar bilan tanishish; o„quvchilarga o„zlashtirilishi murakkab o„rinlarni soddalashtirish usullarini topish; darsni o„tkazish metod va usullarini tanlash; darsning mazmun-mohiyatiga mos ko„rgazma va tarqatma materiallar tayyorlash; dars mavzusining oldingi dars mavzulari bilan bog„liqlik jihatlarini aniqlash; o„quvchilar uchun amaliyotdan qoidaga keladigan o„quv topshiriqlari ishlab chiqish; darslik bilan ishlashga vaqt ajratish; uy vazifasini tez va samarali tekshirish metodlarini tanlash; o„quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlarni javoblari bilan tayyorlab qo„yish; sinfdagi faol, o„rtacha va past o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun alohida o„quv topshiriqlari tayyorlash; dars mazmunnomasini yozish. Dars mazmunnomasiga quyiladigan talablar quyidagilar: –muayyan dars mazmunnomasi rejalashtirilgan dars o„tishidan kamida bir kun avval tayyorlanishi va fan bo„yicha sho„ba raisi (yoki 139 muovini) yoki o„quv ishlari bo„yicha direktor o„rinbosariga ko„rsatilishi, tasdiqlatilishi; –darsning rivojlantiruvchi, ilmiy, tarbiyaviy maqsadlari va vazifalari aniq belgilanishi; –darsning metod va usullari belgilanishi; –dars etaplarida o„qituvchi va o„quvchi bajarishi lozim bo„lgan vazifalar, o„quv topshiriqlari belgilab qo„yilishi; –baholash mezonlarida DTS talablariga rioya etilishi va b. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkillashtiriladigan eng sara dars namunalari ilg„or pedagoglar tajribasi asosida mustaqillik davri matbuotidan–“Til va adabiyot ta‟limi” jurnali hamda “Ma‟rifat” gazetasi sahifalaridan, ilmiy- metodik xarakterdagi ba‟zi maqolalar to„plamlaridan o„rin olgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling