O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Ta‟lim maqsadi va mazmunining o„zaro mutanosibligi ta‟minlashda
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
Ta‟lim maqsadi va mazmunining o„zaro mutanosibligi ta‟minlashda ta‟lim vositalarining roli. Xalqimizda “Ish quroling soz bo„lsa, mashaqqating oz bo„ladi”, degan hikmat bor. Agar ona tili mashg„ulotlarida o„qituvchi dars didaktik ta‟minotining to„laqonli bo„lishini ta‟minlay olmasa, darsda ko„zlangan maqsadga erishilmaydi. To„g„ri, DTSlari qabul qilinib, joriy etilgandan keyin bu yo„nalishda ham ancha ishlar qilindi. Jumladan, Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyat xalq ta‟limi boshqarmasi huzurida professor Baxtiyor Mengliyev boshchiligida jamoatchilik asosida ish olib borayotgan “O„quv lug„atchiligi markazi” tomonidan shu maqsadlarni ko„zlab tuzilgan va ommalashtirilgan quyidagi ishlarni sanab o„tish mumkin:
*Ona tili/ Qomus. Maktab o„quvchilari uchun. –Tuzuvchilar: Mengliyev B., Xoliyorov O„. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2009.– 274 b. *Bobojonov S., Islomov I. O„zbek tili so„zlarining darajalanish o„quv lig„ati. Maktab o„quvchilari uchun. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –70 b. *Shukurov O., Boymatova B. O„zbek tilining ma‟nodosh so„zlari o„quv lig„ati. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –58 b. 133 *Suvonova X., Turdiyeva G. O„zbek tilining shakldosh so„zlar o„quv lig„ati. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –54 b. *To„rayeva U., Shodmonova D. O„zbek tilining zid ma‟noli so„zlar o„quv lig„ati. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –56 b. *Mengliyev B. va b. O„zbek tilining so„z yashalish o„quv lig„ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi. –2008.– 180 b. *Mengliyev B. va b. O„zbek tilining iboralari o„quv lig„ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –72 b. *Hamroyeva Y. O„zbek tili o„zlashma so„zlarning o„quv lig„ati.– Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –124 b. *Mengliyev B. va b. O„zbek tilining so„z tarkibi lug„ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –104 b. * Mengliyev B. va b. O„zbek tili qo„shma so„zlarning o„quv ligati.– Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007.– 114 b. *Nafasov T., Nafasova V. O„zbek tilining talaffuzdosh so„zlari o„quv izohli lug„ati. Maktab o„quvchilari, kollej va litsey talabalari uchun. –Toshkent: Yangi asr avlodi. –2007. –122 b. Mazkur lug„atlarning yaratilishi yaxshi. Lekin bu manbalar takomillashtirilishi, keng va eng muhimi ommaviy ravishda – har bir o„quvchining qo„lidа bo„lish darajasida – tarqatilishi lozim. Bugun “Olma pish, og„zimga tush!”, “Qachon bunday axborot manbalari maktablarda tarqaladi va biz foydalanamiz” deb turishning payti ham emas. Bilamizki, ta‟lim maqsadi ta‟lim mazmunini, ta‟lim mazmuni ta‟lim usulini, ta‟lim usuli ta‟lim vositalarini, ta‟lim vositalari esa ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi munosabatlarini talab etadi. Demak, ta‟lim maqsadi va mazmunining o„zaro mutanosibligi ta‟minlash ta‟lim usuli-yu ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi munosabatlaridan tashqari ta‟lim vositalariga ham uzviy bog„liq. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling