O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
daraja (“besh” baho; 86-100 ball)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi ta‟limiy manbalar
daraja (“besh” baho; 86-100 ball). Bu darajada 2-darajada nazarda tutilgan gaplar miqdori oshiriladi, 2-daraja talablari quyidagicha (30 daqiqada 15-16 gapdan iborat matn tuza olish) chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi, aniqlashtiriladi:
–matn mazmuniga mos dialoglarni qo„llay olish va unda remarka, luqma, muallif izohi kabi unsurlardan, shularga mos tinish belgilaridan foydalana olish; –matn mazmuniga mos taqlid so„zlarni ko„chirma gap qolipida yoki alohida qo„llay olish; –badiiy mikromatnlarni adabiy va lisoniy sharhlash va chiqarilgan xulosalarni matn mazmuni bilan bog„lay olish; –bog„langan va bog„lovchisiz qo„shma gaplarni o„zaro, ergash gapli qo„shma gaplarni sodda yoyiq gaplar bilan almashtirib qo„llay olish; –ko„chirma gapli qo„shma gaplarni matn mazmuniga mos turli shakllaridan tinish belgilarini o„z o„rnida qo„llay olgan holda foydalana olish; 129 –ilmiy, ilmiy-adabiy, adabiy-ijodiy matnlarda ularning har biriga xos ona tilining keng imkoniyatlarini, ifoda vositalarini farqlagan holda qo„llay olish. Bunda ham yuqori ko„rsatkich (3-daraja) talablari, me‟yorlari mezon sifatida belgilanadi; mezondagi gaplar miqdori, yaratilgan matndagi har bir talabning qay darajada bajarilishiga qarab baho (ball) belgilanadi, yo„l qo„yilgan har bir xato-kamchiliklar doirasida baho (ballar) pasaytiriladi (tushiriladi) va natija hisobidan matn baholanadi (ball qo„yiladi); Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi ta‟limiy manbalar:darslik; o„quv qo„llanma (muayyan o„quv predmeti yoki fani ta‟limi uchun dastur asosidagi materiallarni o„rganishga mo„ljallangan darslikka qo„shimcha ilmiy manba bo„lib, u Xalq ta‟limi vazirligi yoki Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan amaliyot uchun tavsiya etilgan bo„lishi shart); metodik qo„llanma yoki metodik tavsiyalar (muayyan o„quv predmeti yoki fani mavzularining nazariy jihatidan ko„ra amaliy tomoniga ko„proq e‟tibor qaratilgan manba bo„lib, u “Mashq va topshiriqlar to„plami”, “Qiziqarli tilshunoslik” shakllarida bo„lishi ham mumkin); lug„atlar (“O„zbеk tilining izоhli lug„аti”, “O„zbеk tilining uyadоsh so„zlаr lug„аti”, “O„zbеk tilining mа‟nоdоsh so„zlаr lug„аti”, “O„zbеk tilining shаkldоsh so„zlаr lug„аti”, “O„zbеk tilining zid mа‟nоli so„zlаr lug„аti”, “O„zbеk tilining so„z yasаsh lug„аti”, “O„zbеk tilining paronim so„zlаr lug„аti”, ”O„zbеk tilining tarixiy so„zlаr lug„аti”, “O„zbеk tilining etimologik lug„аti” va b.); ma‟lumotnomalar; qomuslar (“O„zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Maktab o„quvchilari uchun qomus” va b.) Darsning didaktik ta‟minotini ta‟minlovchi ta‟limiy manbalar “Axborot banki” deb yuritiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling