O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)


Ona tili o„qitishda o„quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash tamoyili


Download 1.17 Mb.
bet88/215
Sana16.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1704982
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   215
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Ona tili o„qitishda o„quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash tamoyili. Avvalo, bu yorug„ dunyoni anglash uchun, jamiyatning teng huquqli a‟zosi bo„lish uchun ham og„zaki, ham yozma savodga ega bo„lish zarur. Masalan, oddiy bir matnni o„qib, anglay olmaydigan
179
odamning ahvolini tushunish qiyin emas. Binobarin, jahon kommunikatsiya tizimidan to„liq foydalanish zarurati ham nutqiy savodxonlikni taqozo etadi. Nutqiy savodxonlik esa til sezgirligi bilan uzviy bog„liq jarayon bo„lib, maktabda ona tili ta‟limining bosh maqsadini ro„yobga chiqarishda o„quvchilarda til sezgirligi tarbiyasiga alohida e‟tibor qaratish muhim vazifalardandir.
O„quvchining qay darajada til sezgirligiga ega ekanligi ijodiy tafakkur mahsuli sifatida muayyan nutqiy jarayonda yuzaga chiqadi.Zero, “Til kishilar o„rtasidagi aloqa vositasigina bo„lib qolmay, dunyoni bilish, idrok etish, bilimlarni to„plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, milliy o„zlik, milliy tafakkurni shakllantirish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish vositasi hamdir.” (N.Mahmudov)
Til sezgirligi sezgining boshqa turlaridan, masalan, ko„rish, eshitish, hid bilish, maza (ta‟m) sezish, teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari va organik sezgilardan tubdan farqlanadi. Sababki, yuqorida sanab o„tganlarimiz sezgining oddiy turlari bo„lsa, til sezgirligi inson sezgisining ko„rish, eshitish, hukm chiqarish, idrok etish hamda tafakkur tezligi bilan bog„liq murakkab ko„rinishidir. Tafakkur tezligi qo„yilgan savolga va muammoga to„liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator faktorlarga: jumladan, fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog„lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog„liq bo„ladi. Bundan tashqari, tafakkurning tezligi boshqa shartlarga: insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud malaka va ko„nikmalariga ham bog„liq ekanligi isbotlangan. Demak, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma‟lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Ona tili o„qitishda o„quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash ko„proq mustaqil so„zlarning lug„aviy ma‟nosi bilan ishlash, til materiallarini kuzatish yoki o„zaro qiyoslash asosida o„xshash va farqli tomonlarini aniqlash, mustaqil ravishda umumlashmalar hosil qilish kabi amallardan ko„proq foydalanishni taqozo etadi.
Ona tili mashg„ulotlarida o„quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash uchun quyidagi didaktik o„yinlardan foydalanish mumkin:
1) 5-6-sinflarda: “Kimning nutqi ravon?” ruknida eng yaxshi talaffuz uchun sinflar va yaqin maktablar o„rtasida tanlovlar o„tkazish. Tanlov shartiga ko„ra tanish va notanish matndan ifodali o„qish
180
mashg„ulotlari tashkil etiladi. Bunday mashg„ulotlar 5-6-sinf o„quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo„yiladigan bir daqiqada 90- 100 yoki 100-110 so„z tezligida o„qish kabi DTSning minimal talabini bajarishning tajribada sinalgan omillaridan biri hisoblanadi.
  1. 5-, 6-, 7-sinflarda: “Savodxonlik siri nimada?” ruknida “Unlilar bahsi”, “Undoshlar bahsi”, “Qo„shimchalar bahsi” kabi mavzularda bellashuv o„tkazish. Bellashuv didaktik tamoyilga muvofiq oddiydan murakkabga qarab boradi va bellashuv sharti asosida 5-, 6-, 7-sinf o„quvchilarining imlo savodxonligi aniqlanadi.


Masalan, “Unlilar bahsi”da–


а-о: xurma-xurmo, ado-oda, azon-ozon, bar-bor, dona-dono, kampaniya-kompaniya, angar-angor kabi paronim so„zlar o„quvchilar hukmiga havola etiladi va ularni qatnashtirib (fikr ehtiyoji bilаn bоg„liq mаvzu аsоsidа) 10-12 (5-sinf), 12-14 (6-sinf), 14-16 (7- sinf) gapdan iborat bo„lgan matn tuzish topshirig„i beriladi. Bunda, albatta, o„quvchilarning ijodiy fikrni yozma bаyon etish mаhоrаti DTSning minimal talabi asosida tekshiriladi va h.
  1. 8-, 9-, 10-, 11-sinflarda: “She‟rxonlar bellashuvi”, “Mohir maqolchilar bahsi”, “So„zlar harf miqdoriga ko„ra” kabi o„yin- topshiriqlardan foydalanish.


She‟rxonlar bellashuvi”da muayyan mavzular (masalan, vatan, ona, tabiat, do‗stlik va h.) tanlanadi va shular haqidagi she‟rlar asosida aytishuv tashkil etiladi. Bu orqali o„quvchilarning sinfdan tashqari o„qishlari ham tekshiriladi.


Mohir maqolchilar bahsi”da ham muayyan mavzular (masalan, do‗stlik, odob, ilm, suv kabilar) tanlanadi va birinchi guruh vakili aytgan maqolga mantiqan mos maqol bilan ikkinchi guruh ishtirokchisi javob qaytaradi. Chunonchi, birinchi guruh vakili aytadi: Do‗stingga qo‗shiq ayt, mehringni qo‗shib ayt. Ikkinchi guruh ishtirokchisi javob qaytaradi: Uzma do‗stlik torini bog‗lash qiyin kabi. “So„zlar harf miqdoriga ko„ra”o„yin-bahsida guruhlar muayyan mavzu doirasida yoki erkin “Uch harfli”, “To„rt harfli”, “Besh harfli” miqdorida so„zlarning uyalarini hosil qiladilar. Chunonchi, “Uch harfli” so„zlar uyasi: dor, dar, dil, dol, do‗l, der, dur, dam,
dom, dim, dum va h.
So„zlar harf miqdoriga ko„ra” o„yin-bahsini 5-6-sinflarda o„tkazish ham mumkin. Bunda o„quvchining til sezgirligini oshirish, sinash imkoniyatlari kengayadi. Masalan, “Uch harfli” so„zlar
181
uyasini hosil qilishda topilgan so„zlar doskaga shunday joylashtirilishi zarurki, ularning birinchi harflarini yuqoridan pastga qaratib o„qiganda ham yoki pastdan yuqoriga qaratib o„qiganda ham birinchi so„z hosil bo„laversin.





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling