O„zbek tilini o„qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)
Download 1.17 Mb.
|
O„zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So„zlar harf miqdoriga ko„ra”
- Ona tili o„qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta‟sirini hisobga olish tamoyili.
Bu topshiriqni “Besh harfli” so„zlar uyasini hosil qilishda ham bajarish mumkin. Masalan,
Bu kabi o„yin-topshiriqlar o„quvchiga nima beradi? E‟tibor beraylik, “So„zlar harf miqdoriga ko„ra” o„yin-bahsini bajarish davomida keltirilganlarning birinchisida 18ta, ikkinchisida 35ta, jami 53ta so„zning ma‟nosi, talaffuzi va imlosi ustida ishlanmoqda. Asosiysi, grammatik o„yin vositasida o„quvchining til sezgirligini oshirish imkoniyat yaratilmoqda. Agar keltirganlarimizni sinfdagi kichik bir guruhchaning bajargan ishi deb hisoblasak, aytaylik, sinfdagi 25-30 o„quvchi 5 yoki 6ta kichik guruhga bo„lingan bo„lsa va har bir guruhchada topshiriqni bajarish davomida o„rtacha 50tadan so„z topilsa, bu miqdor 250-300 so„zni tashkil etadi. Tabiiyki, bu o„quvchida, birinchidan, so„zga va undan foydalanishga zaruratni yuzaga keltiradi; ikkinchidan, bolaning so„z zahirasini boyitadi. “Lug„atlarimiz so„zdan to„lib toshgan; o„quvchi bisotida so„z yo„q. Ijodiy fikr mahsulotini og„zaki va yozma shakllarda to„g„ri ravon ifodalash uchun o„quvchiga so„z kerak”137 degan muammoning oldi olinishida samarali xizmat qiladi. Ona tili o„qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta‟sirini hisobga olish tamoyili. O„zbek tili boshqa turkiy tillardan ko„p shevaliligi bilan farqlanadi. O„tgan tarixiy davr ichida o„zbek shevalari to„xtovsiz 137 Ғуломов А. Қ. Ўқувчига сўз керак// “Бухоро муаллими” газетаси.– 2000 йил, 15 декабрь. №23. 182 taraqqiy etganligini kuzatamiz va bu jarayon toki til yashar ekan, uzluksiz davom etaveradi. Bilamizki, qayerda yashashidan qat‟i nazar, o„zbek millatiga mansub o„z ona tilida so„zlovchilar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o„zbek tili hisoblanadi. Milliy tilimizning asosini o„zbek adabiy tili tashkil etsa, sheva birliklari adabiy tilning xomashyo bazasi. Demak, milliy ona tilimizga xos sheva birliklari milliy boyligimizning xomashyo shaklidagi ko„rinishlaridandir. Professor Y.D.Polivanov XX asrning birinchi choragida yaratgan ilmiy ishlarida o„zbek tili o„zining ko„p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishini e‟tirof etadi. Professor V.V.Reshetov esa o„zbek tili dialektal xaritasining rang-barangligi uning etnogenezisi bilan bog„liqligi haqida yozadiki, bu qadimda turkiy urug„ va qabilalar miqdori ancha ko„p bo„lganligi bilan bog„liq. Manbalarga ko„ra, o„zbek tili va uning shevalari shakllanishida qarluq, chigil, uyg„ur, qipchoq, o„g„uz urug„lari, qangli, qatag„on urug„ va qabilalari turli territoriyada mustaqil yashaganliklari ta‟sir ko„rsatgan bo„lsa, ikkinchi tomondan, unga turkiy va eroniy tillarning kuchli ta‟siri ham bo„lgan. Jumladan, Qoraqalpog„istondagi o„zbek shevalariga qoraqalpoq va qozoq tillarining, Toshhovuz o„zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o„zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg„izistondagi o„zbek shevalariga qirg„iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o„zbek shevalariga tojik tilining ta‟siri kuchli. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o„ziga xoslikni vujudga keltirmoqda.138 “O„zbek dialetologiyasi” fanidan bizga ma‟lum bo„lganidek, o„zbek shevalari yirik uchta lahja(qipchoq, o„g„iz, qarluq)ni qamrab olgan. (Shu o„rinda har bir lahja orasiga ba‟zan qat‟iy chegara qo„yib bo„lmasligini ham ta‟kidlash lozim.) Maktab ostonasiga qadam qo„ygan turli sheva vakillari bo„lgan oila farzandlari hamma vaqt ham bir-birlarini to„liq tushunavermaydilar. Ona tili o„qituvchisi, eng avvalo, o„quvchilarga o„zbek tilida gaplashuvchilarning barchasi o„zaro bir-birlarini teran anglashlari uchun paydo bo„lgan zarurat – o„zbek adabiy tilini puxta o„rganishni taqozo etishini singdirishi lozim. 138 Rajabov N. O„zbek shevashunosligi. –Toshkent: O„qituvchi,1996. 183 O„qituvchi har bir ona tili mashg„ulotida o„quvchilarga mahalliy sheva sharoiti va ta‟sirining oldini olishni nazardan qochirmasligi muhim. Ona tili mashg„ulotida o„quvchilar nutqiga xos dialektal xatolarning tipik ko„rinishlari quyidagilar: asosan, shahar (Toshkent, Andijon, Farg„ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi) shevalarini o„z ichiga olgan qarluq lahjasi vakillari nutqida: fonetik holatlar: so„z oxiridagi k undoshini y tarzida aytish: g‗ovak – g‗ovay, choynak – choynay, ko‗hlik–ko‗hliy, yaktak– yaktay (Toshkentda); so„z oxiridagi q undoshini g‗ tarzida aytish: oyoq –oyog‗, yumaloq–yumalog‗, ayriliq–ayrilig‗, cho‗loq–cho‗log‗, buloq–bulog‗, quroq–qurog‗(Toshkentda); so„z boshida, so„z o„rtasida, ba‟zan so„z oxirida ham a unlisini o tarzida aytish: aka–oka, avom–ovom, nahor–nohor, bahor–bohor, Akram–Akrom; yanga– yango, juda–judo (Toshkent, Buxoroda); morfologik holatlar: qaratqich kelishigi qo„shimchasi (-ning) o„rnida tushum kelishigi qo„shimchasi(-ni)ni ishlatish: ukamni(ng) daftari, gulni(ng) yaprog‗i, yaxshilikni(ng) qaytishi (Toshkentda); o„rin-payt kelishigi qo„shimchasi (-da) o„rnida jo„nlish kelishigi qo„shimchasi(-ga)ni qo„llash: Kalit akamda–Kalit akamga, Menda kitob bor–Menga kitob bor (Buxoroda); hozirgi zamon qo„shimchasi (-yap, -moqda) o„rnida -votti (Toshkentda); -utti (Namanganda); -opti (Buxoroda, Samarqandda) shakllarini qo„llash: kelyapti (kevotti, kelutti, kelopti), kulmoqda (kulvotti, kulutti, kulopti); d) leksik holatlar: kuylak–kuynay (Toshkentda); mushuk–pishak, chumoli–mo‗rcha, do‗ppi–kalapo‗sh, buzoq–go‗sola (Buxoroda); chumoli–chumalik, juda–jicha (Farg„onada). asosan, qishloq (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog„iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari, Turkmanistonning Toshovuz viloyati va b.) shevalarini o„z ichiga olgan qipchoq lahjasi vakillari nutqida: a) fonetik holatlar: so„z oxiridagi k, q undoshlarini talaffuzda tushirib qoldirish: tuzu(k), chuchu(k), zulu(k), keri(k); ispara(k); quri(q), sari(q), yiri(q), qisi(q), sassi(q), siqi(q); 184 so„z boshida y undoshi o„rnida, ba‟zan so„z o„rtasida ch undoshi o„rnida j tovushini ishlatish: yanga–jenga, yomg‗ir–jomir, yemak– jemak, quchoq–qujoq, uchinmoq–ujinmoq; so„z oxirida, ba‟zan so„z o„rtasida q, g‗ undoshlari o„rnida v tovushini ishlatish: sog‗–sov, tog‗–tov, bog‗liq–bovliq, og‗di–ovdi, yostiq–yostuv, og‗riq–og‗ruv, sanchiq–sanchuv; ikki a unlisi o„rtasida kelgan h undoshini talaffuzda tushirib qoldirish: shahar–shaar, chorraha–chorraa, dahan–daan; b) morfologik holatlar: hozirgi zamon -yotir shaklini -jatir, -votir tarzida qo„llash: o‗qiyotir–o‗qijatir, yozayotir–jazvotir; d) leksik holatlar: chumoli–mo‗jak, u yoqqa–aqa, bu yoqqa–baqa, sochiqcha–moyliq, xolavachcha (ammavachcha, amakivachcha, tog‗avachcha)–bo‗la, pochcha – yezna, qaynsingil–boldiz, merov– ang, echki–gechchi, yalpiz–pidana, hulva, shippakcha–shiltiqcha va b. Janubiy Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo„shko„pir, Shovot tumanlari), Buxoro(Qorako„l, Olot tumanlari)dagi bir qancha shevalarni o„z ichiga olgan o„g„uz lahjasi vakillari nutqida: fonetik holatlar: so„z boshida, so„z o„rtasida, ba‟zan so„z oxirida ham o unlisini a tarzida aytish: omon–amon, omonat–amonat, oyoq–ayaq, olaqarg‗a–alaqarg‗a, yozmoq–yazmaq, holva–halva, mirzo–mirza, mojaro–mojara, g‗avg‗o–g‗avg‗a; so‗z boshidagi t undoshini d tarzida, k undoshini g shaklida aytish: tomoq–damaq, tovush–davush, tamom–damam, tandir–dandir, kovush–gavush, kepak–gepak, kel–gal, kesak–gasak; morfologik holatlar: qaratqich kelishigi qo„shimchasi (-ning) o„rnida -ing shaklini, jo„nalish kelishigi qo„shimchasi (-ga) o„rnida -a shaklini ishlatish: ukamning ishi–ukaming ishi, gulning bargi– guling bargi, otamning o‗gitlari–ataming o‗giti; Bolamga o‗xshaydi ovozing sening– Balama o‗xshaydi avazing saning; d) leksik holatlar: chumoli–qarinchqa, narvon–zangi, qalampir– aji, buzoq–o‗jak, qayliq–kadi, ayron xalta–irkit va b. Ko„plik shakli qo„shimchasi -lar shaklini -la tarzida ishlatish, mavhum ot yasovchi -lik qo„shimchasini egalik ma‟nosini beruvchi sifat yasovchi -li affiksi bilan aralashtirish holatlari barcha sheva vakillariga tegishli bo„lgan tipik xatolardandir. O„zbek adabiy tilining me‟yorlari bilan xalq shevalari o„rtasidagi bunday farqlar ona tili o„qituvchisidan mahalliy dialekt sharoiti va 185 ta‟sirining oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borishni talab qiladi. Yuqorida sanab o„tilganlarni hisobga olgan holda ona tili mashg„ulotlarini rejalashtirish, o„tkazish va bunda o„quvchilar nutqidagi sheva birliklari o„rniga adabiy til me‟yorlariga moslarini singdirib borish ona tili o„qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta‟sirini hisobga olish tamoyili asosini tashkil etadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling