O’zbek tilining izohli lug’ati, birinchi jild, 472-bet Moslashuvchanlik (adaptatsiya) nima?


Download 6.66 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi6.66 Kb.
#1719250
Bog'liq
0MIrmf5crRfeNNESfp1bUZa8gmja6oRbHRjLeXTY

Pedagogning moslashuvchanligi

Moslashuvchanlik

  • Munosib, loyiq;
  • Muvofiq, uyg’un.
  • O’zbek tilining izohli lug’ati, birinchi jild, 472-bet

Moslashuvchanlik (adaptatsiya) nima?

Stress vaqtida odam va hayvonlar organizmida ro’y beradigan himoya reaksiyalari majmui.

Ensikopedik lug’at, I-tom,17-bet

Moslashuvchanlikning mazmuniga ko’ra turlari:

Psixologiya fani va psixologik bilimlarni o’zingiz uchun kerak deb o’ylaysizmi?

Moslashuvchanlikning asosida chidamlilik yotadi!

Chidamlilik nima?

Qiyinchiliklar, ruhiy jarohat, fojialar, tahdidlar yoki stressning turli omillarga qarshi yaxshi moslashish jarayonidir.

Chidamlilikni o’rganish mumkinmi?

Ayrim kishilar boshqalarnikiga qaraganda chidamliroq bo’lishi mumkin bo’lsa-da, chidamlilik faqat ayrim insonlarga xos bo’lgan shaxsiy xususiyat emas. Aksincha, chidamlilik, har kim o’rganishi va rivojlanishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlar, fikrlar va odatlarni o’z ichiga oladi.

Chidamlilikni o’rganish mumkinmi?

Inson mushaklarini rivojlantirgani singari, chidamlilikni oshirish uchun ham vaqt va maqsad kerak bo’ladi.

Buning uchun to’rt asosiy komponentga e’tiborni jalb qilish kerak – bular, do’stona aloqalar, sog’lom turmush tarzi, sog’lom fikrlash va o’zlikni anglash.

Yuqoridagi komponentlar sizga qiyin va shikastli stresslarga qarshi turish va ulardan saboq olish uchun kuch beradi.

Do’stona aloqalar

Do’stona aloqalar

  • Ijobiy aloqalaringizni yarating. O’zaro iliq munosabatlarni birinchi o’ringa qo’ying.

Tanangizga g’amxo’rlik qiling. Bu ko’p aytiladigan fikr bo’lishi mumkin, ammo bu ruhiy salomatlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim amaliyotdir. Buning sababi shundaki, stress ham jismoniy holatdir. To’g’ri ovqatlanish, yetarlicha uxlash, meditatsiya va muntazam jismoniy mashqlar tanangizni stressga moslashishi va tashvish yoki depressiya kabi his-tuyg’ularini kamaytiradi.


Sog’lom turmush tarzi

Stress tuyg’usini butunlay yo’q qilish o’rniga, stressni boshqarish uchun tanangizning resurslarini boshqarishga e’tibor bering.


Salbiy hissiyotlardan qochish
Faol bo’ling
Masalan, agar siz ishdan bo’shatilgan bo’lsangiz, boshlig’ingizni sizni bo’shatish xato bo’lganiga ishontira olmaysiz. Ammo har kuni bir soatni o’zingizning kuchli tomonlaringizni rivojlantirishga yoki mutaxassisligingiz ustida ishlashga sarflashingiz mumkin. Tashabbus ko’rsatish hayotingizning og’ir davrida ham motivatsiyani oshiradi.
O’zingizni kashf etish uchun imkoniyatlarni izlang
Odamlar muammolar natijasida ba’zi jihatdan o’sganliklarini payqashadi. Masalan, qiyinchiliklardan so’ng, odamlar o’zlarini zaif his qilsalar ham, keyinchalik shaxs sifatida rivojlanish borasida kuchliroq tuyg’ularsezishadi. Bu ularning o’z-o’ziga bo’lgan ishonchi oshirishi va hayotga bo’lgan munosabatlarini teranlashtiradi.
Sog’lom fikrlashga harakat qiling
O’z fikrlaringizni tahlil qiling. Misol uchun, agar siz stressli vaziyatga duchor bo’lsangiz, o’zingiz bilan sodir bo’lgan hodisa sizning kelajagingiz qanday bo’lishining ko’rsatkichi emasligi va o’zingiz ham ojiz inson emasligingizni eslang. Siz juda stressli hodisani o’zgartira olmassiz, lekin siz uni qanday talqin qilish va unga qanday qilib javob berishni o’zgartirishingiz mumkin.

O’zgarishlarni qabul qiling

O’zgarishlar hayotning bir qismi ekanligini qabul qiling. Hayotingizdagi noxush holatlar natijasida ma’lum maqsadlar yoki natijalarga endi erishib bo’lmasligi mumkin. O’zgarib bo’lmaydigan holatlarni qabul qilish, siz o’zgartirishi mumkin bo’lgan holatlarga e’tiboringizni qaratishga yordam beradi.

Kelajakka umid bilan boqing

Nekbinlik dunyoqarashi sizga yaxshi narsalar bo’lishini kutishingizga imkon beradi. Qo’rqayotgan narsangiz haqida qayg’urishdan ko’ra, xohlagan narsangizni intilishingiz muhim.

Har qanday mamlakatning asosiy salohiyati tabiiy resurslari emas, yuqori texnologiyalar ham emas, balki uning odamlaridir.

Har qanday mamlakatning asosiy salohiyati tabiiy resurslari emas, yuqori texnologiyalar ham emas, balki uning odamlaridir.

Mamlakatda qanchalik muvaffaqiyatli, kuchli, quvnoq va iste'dodli odamlar ko’p bo'lsa, ushbu mamlakat shunchalik kuchli bo'ladi!


E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 6.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling