So'z ikki xil ma'no bildiradi. Bu ikki xil ma'noni opa so'zi misolida ко'rib chiqaylik. - So'z ikki xil ma'no bildiradi. Bu ikki xil ma'noni opa so'zi misolida ко'rib chiqaylik.
- Opa so'zi akа, uka, singil singari so'zlar bilan qarindoshlik ma'nosi bilan bir guruhga birlashadi. Ayni paytda, bir guruhga mansub bo'lgan yuqoridagi so'zlar bir-biriga zidlanganda, ma'lum ma'nolari bilan o'zaro farqlanadi.
- Xususan, opa so'zi о'gay opaga zidlanganda, qon-qorindoshlik (o'gay emaslik) ma'nosini bildirishi bilan; opa so'ziga zidlanganda, men bilan bir bo'g'inga mansublik ma'nosini bildirishi bilan; aka, uka so'zlariga zidlanganda, ayol jinsiga mansublik ma'nosi bilan; singil so'ziga zidlanganda esa opaiiing mendan kattalik, singilning esa kichiklik ma'nosiga egaligi bilan farq qiladi.
- Opa so'zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so'zlar bilan birlashtirib turadigan va ayni paytda, ularni bir-biridan farqlaydigan ma'nolarining jami uning atash ma'nosi yoki leksik ma'nosi deyiladi.
- Opa so'zi yuqoridagi ma9nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik, birlik ma'nolariga ham ega. Bu ma'nolar uning grammatik ma'nosi sanaladi. Ko'rinadiki, nutq jarayonida har bir so'z leksik va grammatik ma'nolar uyg'unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatik ma'nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so'z atamasi qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |