O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi: - O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:
- asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar:
- qatnashchi, terimchi, qotishma, qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha kabi;
- o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar;
- tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz, xastalanmoq; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbarlik, qimmatli, ovqatlanmoq; v) ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi,
- betonlamoq;
- boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash, kitobxon, vagonsoz, ilmiy.
- O‘zlashgan qatlam.
- Forscha-tojikcha so‘zlar. Fors-tojik tilidan so‘zlar tovush o‘zgarishlarisiz olingan. So‘z o‘rtasi va oxirida qo‘sh undoshlar keladi, tarkibida no-, ba-, be-, ham- kabi old qo‘shimchalari bo‘ladi. Masalan: andisha, barg, bahor, daraxt, farzand, daromad, buromad, ozoda, noma’lum, bedarvoza, hamkasb.Arabcha so‘zlar. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘pchiligi fan va dinga oid bo‘lib, asosiy qismi fors tili orqali kirgan. Masalan: adabiyot, kitob, oila, davlat, mehnat, muqaddas, san’at, a’lo, mutolaa, doim, inshoot kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |