tilning lug'at tarkibi, so'zlar yig'indisi; lug'at tarkibini o'rganuvchi tilshunoslikning alohida bo'limi. Leksika atamasining ikkinchi ma'nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo'llaniladi. Leksikologiya yunoncha lexikos - so'z, so'zga doir va logos - ta'limot so'zlarining birikuvidan olingan bo'lib, leksika (so'z) haqidagi ta'limot demakdir. Demak, so'z va uning ma'nolarini o'rganuvchi tilshunoslik bo’limiga leksikologiya (ba'zan leksika) deyiladi. - Leksikologiya yunoncha lexikos - so'z, so'zga doir va logos - ta'limot so'zlarining birikuvidan olingan bo'lib, leksika (so'z) haqidagi ta'limot demakdir. Demak, so'z va uning ma'nolarini o'rganuvchi tilshunoslik bo’limiga leksikologiya (ba'zan leksika) deyiladi.
- Nutqimiz so'zlarning qo'shiluvidan hosil bo'ladi. So'zni talaffuz qilganimizda va qulog'imiz bilan eshitganimizda go'yo u faqat tovushlar ketma-ketligidan tashkil topgan butunlikdek tuyuladi. So'zni bunday tasavvur qilish bir yoqlamadir, chunki har qanday tovushlar birikmasi so'zni hosil qilavermaydi. Masalan, so', ko's singari tovush birikmalarini so'z deb bo'ladimi? Yo'q. So'z bo'lish uchun tovushlar birikmasining o'zigina kifoya qilmaydi. Ma'lum tovush va tovushlar birikmasi ma'no bilan bog'langandagina so'zga aylanadi. Yuqoridagi tovush birikmalarining tartibini o'zgartirsak, ular ma'lum ma'no bilan bog'lanadi. Masalan, o's, so'k kabi.
- Demak, so'zning ikki tomoni: moddiy tomoni (tovush yoki harflar ketma-ketligi) va ma'no tomoni mavjud.
- Ma'lum ma'no bilan bog'langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so'z sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |