O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo ‘ladi
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo ‘ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sho'rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz; marjon qirg'oq, panjarasimon qirg'oq; oy o'tovi, serostona daryo, patsimon bulutlar kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funktsiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik kategoriyasi agar ilmiy uslubda «so‘ngan, nursiz» holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, uchar yulduz, somon yo ‘li astronom uchun, avvalo, termin vazifasini o‘taydi, yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‘lishi mumkin. Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1.Ilmiy tadqiqotlar. 2.Ilmiy-ommabop asarlar. Ilmiy tadqiqotlar biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib borilgan ijodiy mehnat samarasini ko‘rsatdi. Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li», I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari», H.Yoqubovning «Adibning mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir. Ilmiy-ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan masalalarni sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo‘llanmaydi. Bu uslubda ham shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub umumiylik asosida bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Xullas, ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar: 1 .Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi uchun muhim xususiyatdir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling