O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy uslubda
- Frontal savollar
- Topshiriqlar topshiriq
asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida bo'lishini, so'zlarning bir ma'noda ishlatilishini, vadiiy-tasviriy vositalarning bo'lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq- istak shakllarining, qo'shma gap turlarining keng qo'llanilishini talab qiladi. Til matnalri hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi varcha narsa hamda hodisalar to'g'risida aniq, asoslangan, izchil ma'lumot berishda qo'llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta'riflash, tahlil qilish, savabini aniqdab dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni vayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me'yorga qat'iy rioya etilgani holda majxul nisvatdagi fe'llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli soxalariga qarab, shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisvatan o'zaro farqlanadi. Masalan, fan soxalari muayyan shartli belgilar, formulalar, vayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo’ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo'lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo'lgan, tasvir vayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo'lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko'pchilikka mo’ljallangan ma'ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko’rinishlaridir. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda- tushuntiriladi, vayonda obrazlilikni ta'minlovchi vadiiy tasvir usullaridan foydalaniladi. Publilsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosavatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolaiar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og’zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ’ibot uslubi bo'lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o’tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish va isbotlash kabi belgilar ustunlik qo’shadi. Shunga ko'ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy- iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, vadiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo’yoqdor so'zlarni qo'llash) ham o'zaro uyg'unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o'quvchiga ta'sir ko'rsatiladi. Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha. Zero, u amal qilayotgan koplab zararli odatlarning oxir-oqivatini bilsa-da, uni takrorlashdan o'zini tiyolmaydi. Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan chekish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E'tibor bergan bo'lsangiz, yoshlarimiz ruju qo'yayotgan sigareta tutunlari yomg'ir yog'ishi oldidan kora bulutning ko'm-ko'k, beg'ubor osmonni qoplagani singari tobora farzandlarimizning katta qatlamini o'z iskanjasiga olmoqda. Yurtimizda sog'lom avlod tarbiyasiga har qachongidan ko'ra koproq e'tibor berilayotgan bir paytda kelajagimiz vorislari bo'lgan o'g'il-qizlarimizning bu qadar o'zlarini zaharlashlariga nima savab bo'lmoqda? Aytish joizki, farzandlarimizning har qanday illatga ruju qo'yishlarida avallo ota- ona, mahalla-ko'y, bir so'z bilan aytganda, o'zimizning bilib-bilmay qilgan xatti- harakatimiz bosh omil bo'lib xizmat qiladi. Shu o'rinda bir misol keltirib o'tsam...’ (“Ma 'rifat” gazetasidan) Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta'sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo'llashi yoki o'zi yangilarini yaratishi mumkin bo'ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so'zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o'ziga xos so'z va iboralar ham ijod etadilar. Vadiiy nutqda til obraz, harakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni vadiiy idrok etish ko’lami, ijod usuli, poetik maxorati vadiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan flirqlanadi. Shunga ko'ra, vadiiy nutq uslubi nisvatan keng imkoniyatlarga ega o'ta qamrovli va boy nutq ko'rinishidir. Varcha turdagi san'at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Frontal savollar: Nutq uslublari qanday turlarga bo'linadi? Publitsistik uslub qanday munosavatlar uchun xizmat qiladi? Rasmiy uslub qanday holatlarda ishlatiladi? 4. Xulosa: o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi. talabalarda o'zbek tilining nutq uslublari yuzasidan o‘rta umumiy ta'limdan olgan bilimlarini mustahkamladik. Topshiriqlar topshiriq: Tarjimai holingizni yozing. Istalgan matnning so'zlashuv uslubidagi matnlardan farqini izohlang. topshiriq: Gaplarni ko'chiring. Rasmiy-idoraviy uslubga xos so'z va grammatik shaklli birikmalarning vazifasini izohlang. Fuqarolar O'zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. (UzR Konstitutsiyasi, 49-modda). Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o’zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya qiladi (“Davlat tili haqida” Qonun, 7-modda). Shu yil 28 oktabr kuni soat 14.00 da “Davlat tili haqida”gi Qonun tasdiqlangan kun munosavati bilan adabiy-vadiiy anjuman o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat vayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navvatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi. Betobligim haqidagi tibbiy ma'lumotnoma ilova qilinadi. Abror Rasulov marketing bo'limi boshlig'i vazifasiga tayinlansin. topshiriq: Biror gazetadan madaniyat yoki sport mavzusidagi xabarni o'qib, tili va uslubiy xususiyatlariga ko'ra boshqa nutq, uslublaridan farqlanishini tushuntiring. topshiriq: Quyidagi matnlarni ifodali o'qing. Badiiy nutqni shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ko'chirib yozing. Siyoxdon, azizim, qora ko'zligim, Qora tunlar aro yorigan ko’zgu. Sendagi u siyox — yo'q, siyox emas, Qalbimni qiynagan qip-qizil qonim.(G’.G'ulom) II. Kuz kunlarining oyog'i va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq, varglar to'kilib tugagan, yer yuzi o'zining qishki sariq kiyimini kiygan edi. To'rt tomonining o'ralganligi soyasida yaproqlarini to'kilishdan saqlab qolgan bu gilos yog'ochlari ham butun tungi qora sovuqqa chidolmay elning ozgina harakati bilan-da varglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq, bo'lib, quyosh tuzukkina ko'tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta'siri yo’q bu kungi qora sovuq, quyosh kuchini-da kesgan edi.’ (A.Qodiriy “O'tkan kunlar”) topshiriq: Matnni o'qing va uning asl uslubini aniqlang, uslubiy o'zgarishlarni ko'rsating. “... Notiq ryumkani olib o'rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o'zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so'z boshladi: O'rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali vajarib kelayotganingizga bir yil to'lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqqadimani hazil gumon qilganligiuchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq, yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz hayotimizda qat'iy burilish yasab, zo'r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo'ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o'zingizga ma’lum bolganligi uchuh bunga keng ravishda to'xtab o'tirishni iozim ko'rmayman. ...Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatim natijasida qanday yutuqlarga erishdik? Avvalo shuni ta'kidlab o'tish kerakki, biz u yoki bu masalada bo’ladigan prinsipial kelishimovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o'z kuchimiz bilan, o'zaro keng muhokama qilish yo'li bilan bevosita vartaraf qiladigan bo’lib qoldik. Ikkinchidan, o'rtoq, rafiqam, oilamizni tashkiliy xo'jalik jixatidan misli ko'rilmagan darajada mustaxkamladik. Men bu borada faktlarga murojat qilib o'tirmayman, chunki o'rdenli onangiz o’zlarining har bir tarixiy kelishlarida bu narsani ayrim ravishda qayd qildilar.” Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling