8-MAVZU: Uslubiyat. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
Amaliy
|
REJA:
|
mashg‘ulot
|
l.Uslubiyat nima?
|
№8
|
2.Ilmiy uslub nima?
|
|
3. Ilmiy uslub qachon va qanday vaziyatlarda qo‘llaniladi?
|
|
4. Sohaviy terminlar qanday yuzaga keladi?
|
|
5. Ilmiy uslub va sohaviy terminlarning o‘zaro mushtarakligi.
|
an-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Demak, fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o'ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg'ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog'ini.
Do'stlaringiz bilan baham: |