O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU: Til va yozuv masalalari
Uyga vazifa: mavzun
J tushunchasi” mavzusida matn tuzib kelish. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilindi va biz har yili birinchi sentabr kunini O’zbekiston Respublikasi mustaqillik kuni deb katta shodiyona bilan nishonlaydigan bo’ldik. Mustaqillik tufayli Vatan deb atalmish bu qo’hna zamin yanada chiroy ochdi, butun dunyoga yuz o’girdi. Bugungi kunda jahon ahli ham bizni tan olmoqda. CHunki bugun O’zbekiston- mustaqil yurt! Topshiriq: Berilgan “Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili tushunchasi” mavzulari ostida o'z fikr-mulohazalaringizni og'zaki yoki yozma bayon eting. Yozma bayon etish davomida siz tomoningizdan yozilajak matnning uslubiy va imloviy jihatdan bexato bo'lishiga e’tibor qarating. 2-MAVZU: Til va yozuv masalalari
Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb etganligini alohida ta'kidlashga hojat yo‘q. Agar odamlar taraqqiyotning ma'lum bosqichiga kelib, o‘zlariga zaruriy axborotni ma'lum bir ramziy belgilar yordamida qayd qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o‘rganmaganlarida edi, tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha olmagan bo‘lar edi. Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘la boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari mavjud bo‘lgan: ma'lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq cho‘plari va hokazolar tarzidagi eng sodda axborot saqlash usullari asta -sekinlik biloan murakkab shakldagi belgilar - ma'lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga o‘tib borgan. Masalan, qadimgi Inklar tugunchalar yordamida axborotni qayd etishning o‘ziga xos uslubini ixtiro qilganlar. Buning uchun ular jundan tayyorlangan har xil rangdagi arqonlardan foydalanganlar. Bu arqonlarni turli xil ko‘rinishlarda tugib qo‘yib, tayoqchalarga bog‘lab qo‘yishgan. Xatlar ham shunday ko‘rinishlarda manzilga yuborilgan. Olimlar orasida tarqalgan ba'zi fikrlarga ko‘ra Inkalr bu usul bilan o‘z mahalliy qonunlarini, solnoma va she'riy misralarini «yozib» borganlar. Tugunchalar bilan «yozish» boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lgan, masalan, bunday usuldan qadimgi xitoyliklar va mo‘gullar ham foydalanishgan. Lekin, haqiqiy ma'nodagi yozuv, odamlar axborotni qayd etish va tarqatish uchun maxsus ko‘rinishdagi grafik belgilardan foydalana boshlashgandagina paydo bo‘lgan deyish mumkin. Yozuvning eng qadimgi ko‘rinishi piktografik yozuvlardir. Piktogramma va bu turdagi yozuvda, so‘z borayotgan hodisa, buyum yoki voqea haqidagi sxematik tasvirlar, aynan rasmlar ketma-ketligi namoyon bo‘ladi. Taxmin qilinishicha, piktografiya so‘nggi tosh davrida turli xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan va asosiy axborot saqlash usuliga aylangan ekan. u uncha katta bo‘lmagan xabarlarni jo‘natishga va qisqaroq hikoyalarni yoizb olishga va qoldirishga butunlay yaroqli hisoblanadi. Bunday xat-xabar voqe'likning yoki fikrning juda ham yaqqol tasviri bo‘lib, uni o‘qish uchun maxsus bilim kerak bo‘lmagan. Lekin, biror bir mavhum tushuncha (masalan, jangovorlik, aql, yashi tush, osmon jilvasi kabi) haqida so‘z borganda, piktogrammaning imkoniyatlari birdaniga cheklanib qolgan. Sababi bunday tushunchani tasviriy ifodalashning imkoni yo‘q edi. Shu tufayli, yozuvning inson hayotiga kirib kelishidagi ilk bosqichlardayoq, piktogrammalar tarkibida endilikda maxsus tushunchalarni ifodalaovchi belgi yoki ramzlar - ideogrammalar paydo bo‘ldi. Masaslan tasvir tarkibidagi bir biriga qovushtirilgan qo‘l ramzi, biror narsani almashtirishni ifodalagan. Shu tarzda endilikda har bir ideogramma ma'lum bir piktorgammaga bog‘lanib, ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmunni yanada tushunarliroq qilib borgan. Asta sekinlik bilan piktogrammalar avvalgi yaqqolligini yo‘qtib bordi, lekin, yanada mazmundorlik va aniqlikka erisha boshladi. Bu jarayon bi necha ming yilliklarni talab etdi. Ideogrammaning eng yuksak ko‘rinishi ierogliflar ko‘rinishidagi yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ierogliflarga asoslangan yozuv dastavval qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. Keyinchalik ieroglifik yozuv uzoq sharqda - Xitoy, Yaponiya, va Koreya yarim orolida keng tarqaldi. Bu davlatlar hududidagi topilma ieroglif yoki ideogrammalardan eng g‘ayrioddiy va o‘ta murakkab shakllarni uchratish mumikin. Ular orqali qadimgi yaqin sharq kishilari eng mavhum va murakkab fikrlarni ham ifodalay olishgan ekan. lekin ierogliflarning o‘qish sirlarini bilmagan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan odamga bunday yozuvlarning umuman tushunarsiz bo‘lgani tayin. Yozishni o‘rganishni istagan har bir kimsa, minglab belgi va ramzlarni doimiy esda saqlashga majbur bo‘lgan. Shu tufayli qadimda juda kam sonly odamlargina yozishni va o‘qishni bilganlar. Shuni ta'kidlash kerakki, ideografiyaning aynan o‘zidan iborat yozuv hech qachon mavjud bo‘lmagan. Masalan, qadimgi Misrda qandaydir tushuncha, buyum yoki so‘zni ifodaslovchi belgilar bilan birga, maxsus so‘z bo‘ginlarini va hatto alohida tovushlarni ifodalovchi belgilar qo‘llanilgan. Bunday belgilarga talab tushunarli: hamma narsani ham, birinchi navbatda esa odamlarning ismini tasvir vositasida tushunarli qilib ifodalab bo‘lmaydi. Bunday hollarda misrliklar so‘z-ierogliflarni harf-ierogliflarga aylantira boshlashdi. Bunda eng avvalo, ma'lum bir tovushga mos keluvchi biror belgi o‘yalb topilishi va bu belgini hamma bilishi kerak bo‘lardi. Masalan uy tasviri tushirilgan ieroglif, ikki tovushni ifodalovchi «xt» so‘ziga almashtirildi. Bu vaqtlarda fonetik ierogliflar - bo‘lajak harfglarning ahamiyati faqat mazmunni ifodalash uchun yordamchilik vazifasida bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rni tobora yuksalib borib, Misr yozuvining so‘nggi davrlariga kelib, asosiy rol o‘ynovchi belgi ramzlarga aylanib qolgan. Lekin fonografik (har bir belgi alohida bir tovushni ifodalaydigan) yozuvga misrliklar baribir to‘liq o‘ta olishmadi. Bunday muhim takomillashtiruvni boshqa xalqlar amalga oshirishdi. Odamlar o‘z nutqlarini oddiy elementlar - tovushlarga (fonemalar) ajratishni o‘rganishlariga ancha vaqt ketdi. Bungacha esa, nisbatan osonroq bo‘g‘inlarga ajratishni o‘zlashtirish zarur edi. Shu tufayli eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda turli xalqlar orasida alohida bo‘gimlarni ifodalashga asoslangan maxsus bo‘ginli yozuv paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib krit (minoya) yozuvi yoki mayalarning yozuvini keltirish mumkin. Faqat ikkinchi ming yillik so‘ngiga kelibgina qadimgi finikiyaliklar harfiy-tovushli alifboni ixtiro qilishdi. Bu alifbo keyingi asrlar davomida ham ko‘plab xalqlar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Finikiya alifbosi 22 ta undosh harfdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida tovushni ifodalagan. Bu alifboning kashf etilishi butun boshli bashariyat uchun juda katta ahamiyatga molik hodisa edi. Bu alifboga yordamida deyarli hamma so‘zni grafik ifodalash mumkin bo‘lardi va ideogrammalarga ham, ierogliflarga ham umuman hojat qolmasdi. Yozuv butun jamiyatning ijtimoiy mulkiga aylandi. Hozirgi zamon alifbolarining ham beshdan to‘rt qismi Finikiya alifbosi asosida shakllanganligi haqidagi g‘oyani olimlar allaqachon ilgari surishgan. Finikiya yozuvining shakl o‘zgarishlaridan biri - Puni yozuvi asosida Liviya alifbosi va yozuvi paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek, Finikiya alifbosi - qadimgi yahudiy, qadimgi оramey va qadimgi yunon alifbolarining poydevori hisoblanadi, o‘z navbatida, oramiy yozuvi asosida - arab yozuvi, xorazmiy, uyg‘ur, fors va boshqa yozuvlar shakllangan. Finikiya alifbosiga so‘nggi va eng muhim takomillashtiruvni qadimgi yunonlar kiritishdi - ular alifboga faqat undosh tovushlarni emas, balki unli tovushlarni ham kiritishni joiz deb topishdi va unli harflarni ham o‘z alifbolariga kiritib qo‘yishdi. Yunon alifbosi Yevropaning ko‘plab boshqa alifbolarining «ajdodi» hisoblanadigan lotin alifbosining ham asosini tashkil qilgan. Ma'lumingizkim, lotin alifbosi hozirgi zamon farang, ingliz, olmon, ispan alifbolarining ham asosi hisoblanadi. Shuningdek, kop tillardagi alfavitlar, xususan, arman, gruzin va slavyan alifbolari ham aynan yunon alifbosining avlodlaridir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling