O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU: Sohada ozbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni
Topshiriqlar
topshiriq: Matnni o‘qing, nutq turi va adabiy me’yorning ifodalanishini aniqlang. Til - so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Xayr- saxovat ham mardlik sanaladi. Ishi yurishmaganni tahqirlama.Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo‘ladi. Xato sodir bo‘lmasligi uchun donishmandlar qayta - qayta kuzatishm va ziyon yetish imkoniyatidan saqlashni tavsiya qilganlar. Kishining ko‘ngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi. Ne’matning qadri u yo‘qolgandan keyingina bilinadi. topshiriq: Matnni o‘qing va qaysi uslubga xosligi va adabiy me’yorning ifodalanishiga ahamiyat bering. Bilginki, hayotiy maishatingni yaxshilaydigan va ishlaringni haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga soladigan eng ulug‘ vosita bu ilmdir. Ilm buyuk qadrga va oliy fazilatga ega. Sen ilm tufayli oliy sharafga, ulug‘Iikka va orzu - istaklarga yetishasan. Ilm kasb va fazilatlarning eng afzali, ilm o‘rganuvchi esa shu toifaning ulug‘rog‘idir. Ilm orqali yaxshi-yomonni taniysan, halol-haromning farqiga borasan, do‘stlik va qarindosh- urug‘ning fazilatlarini anglaysan, qonun-qoidalarni tushunusan, haq- huquqlaringni bilasan. Ilm shunday boylikki, u sening aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, tabiatni tozalaydi, izzatingni oshiradi. Ilm sening hayotingga tahsinga sazovor bo‘ladigan yangiliklar olib kiradi, yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga sharoit yaratadi, bu bilan esa seni kamolga etkazib, umrini boqiy qiladi. Ilm o‘rganib, ilmga amal qilmagan kishi yer haydab, uni ekmagan kishiga o‘xshaydi. 13-MAVZU: Sohada o'zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o'sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boMadi. Agar rasmiy muloqot odamlaming jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbaming o‘z qo4l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlaming tikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoMovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, Shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling