O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


Download 1.47 Mb.
bet2/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

TOSHKENT - 2021

MUNDARIJA

O‘quv materiallari




Glossariy




Mustaqil ta’lim mashg'ulotlari




Ilovalar:




- fan dasturi




- sillabus




- tarqatma materiallar (prezentatsiyalar)




- testlar




- fan dasturiga mivofiq baholash mezonini
qo'llash bo'yicha uslubiy ko'rsatma




- fanni o'ziga xosligiga qarab o'rganish bo'yicha boshqa materiallar




O‘QUV MATERIALLARI

  1. MAVZU: O‘zbek tilining sohada qo‘Hanishi' fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Amaliy

REJA:

mashg‘ulot

1.Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.

1

2.Til va tafakkur.




3.Til va ma’naviyat.




4.Davlat tili tushunchasi.




5.O‘zbek tili va davlat qonunlari.

Fanning o‘qitish maqsadi va vazifalari: Respublikamizda ta'limni
takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar asosida mazmun jihatidan yangi o‘quv dasturlari va darsliklar yaratishga qaratilmoqda. Davlat tili maqomiga ega bo‘lgan o‘zbek tilini o‘qitishni ham bugungi davr talablariga javob beradigan darajaga o‘tkazish ana shunday muhim vazifadir.
Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ort ib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi.
Shuningdek, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining o‘qish boshqa tilda olib borilayotgan guruhlarda ham, milliy guruhlarda o‘zbek tilining sohada qo‘llnishi borsida bilimlarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
Fanning asosiy maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini soha doirasida mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqlarini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishishdir. Ushbu nuqtayi nazardan fan o‘qituvchi va talaba oldiga qator vazifalarni qo‘yadiki, bular mutaxassisning kundalik mehnat faoliyati hamda turmushida zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olishlari va yozishlari, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Fan doirasida ana shunga e’tibor bergan holda muayyan nutqiy mavzular yuzasidan zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik qamrovida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish vazifasi qo‘yilgan.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” kursi doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish - kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga o‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling