O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


OZBEK TILINING IMLO QOIDALARI


Download 1.47 Mb.
bet7/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

OZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Lug'aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko'rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to'g'ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g' z a k i nutq shakli uchun xosdir.
O'zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo'lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og'zaki va yozma shaklga ega.

  • og'zaki shakl - orfoepiyada

  • yozma shakl - orfografiyada o'rganiladi

ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to'g'ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o'rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga - printsiplarga asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko'ra so'z o'zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo'shimcha qo'shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko'ra asosga qo'shimcha qo'shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:
*past, sust so'zlariga -ay fe’l yasovchi qo'shimchasi qo'shilsa tovush tushadi: pasay, susay.
*ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo'shimchasi qo'shilsa (-ov, -ala, - ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.
*men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo'shimchasi (-ni,- ning) qo'shilsa: meni, seni, mening, sening.
*bag'ir, ko'ngil, shahar kabi so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa ikkinchi bo'g'indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko'ngli, bag'rim, burni kabi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling