O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


O'zbek leksikografiyasi (lug'atshunosligi)


Download 1.47 Mb.
bet15/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

O'zbek leksikografiyasi (lug'atshunosligi).
Tilshunoslikning lug'at tuzish ishi bilan shug'ullanadigan bo'limi leksikografiya deyiladi. Lug'atlar tilning lug'aviy boyligini to'plovchi kitobdir. Lug'atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so'zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug'at tuzish ishi bilan lug'atshunoslar qadimdan shug'ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug'ati yaratilgan.Lug'atlar xarakteriga ko'ra ikki turga bo'linadi:

  1. qomusiy (entsiklopedik lug'at) lug'atlar; 2) lingvistik lug'atlar.

Qomusiy lug'atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.
«O'zbek milky entsiklopediyasi», «Uy-ro'zg'or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug'atlar qomusiy lug'atlar sirasiga kiradi.
So'zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug'atlar lingvistik lug'at deb yuritiladi. Lingvistik lug'atlar bir tilli, ikki tilli va ko'p tilli bo'ladi.
Bir tilli lingvistik lug'atlarda lugaviy birliklar bir tilning - o'zbek tilining o'zida izohlanadi. Bunday lug'atlarga «Imlo lug'ati», «Orfoepik lug'at», «O'zbek tilining morfem lug'ati», «O'zbek tilining sinonim sozlar lug'ati», «O'zbek tilining omonim sozlar lug'ati», «O'zbek tilining antonim so'zlar lug'ati», «O'zbek tilining frazeologik lug'ati», «Etimologik lug'ati», 1981 yilda yaratilgan «O'zbek tilining izohli lug'ati» (2 jild) kabilar. «O'zbek tilining izohli lug'ati»da so'z va iboralarning o'z va ko'chma ma’nolari haqida tola ma’lumot beriladi.
Ikki tilli va ko'p tilli lug'atlar tarjima lug'atlari bo'lib, ular boshqa tilning lug'at tarkibini o'zbek tiliga yoki aksincha o'zbek tilining lug'at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko'p tilli lug'atlarga o'zbekcha-ruscha, ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-inglizcha, inglizcha-o'zbekcha, o'zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug'atlar kiradi.
Ko'p tilli lug'atlar o'tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug'atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko'p tilli lug'atlar tuzish ancha jadallashdi. Chunki, ko'p tilli lug'atlar hozirgi tillarni qiyosiy o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lug'at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o'zida aks ettiradi. Lug'atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug'at nutq madaniyati, so'zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to'g'ri qo'llash, savodxonlikka erishishning asosidir.
Savollar :

  1. Leksikologiyaning bo'limlari haqida gapiring.

  2. Lug'atshunoslik deganda nimani tushunasiz ?

  3. O'zbek tilida mavjud lug'at turlarini sanang.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling