O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi


Download 1.47 Mb.
bet11/68
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1556119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Bog'liq
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor

Birinchi xil muhabvat tilda, ikkinchi xil muhabvat dilda bo'ladi. Rustam dehqonchilikning tiliniyaxshi o'rgangan.
Bu o'rinda tildagi so'zlarning ikki - uchta ma'nosigagina misol keltiriladi. Ko'p ma’nolilik ikki asosiy yo'1 bilan paydo bo'ladi:

  1. So'zning yangi ma'no kasb etishi natijasida.

  2. Ko'p ma’noli so'zdan yoki ko'p ma'noli affiks vositasida so'z yasashi natijasida.

Birinchisi asosiy yo’l hisoblanadi. Misol tariqasida yer so'zining quyidagi
misollardagi ma’nolarini ko'rsatish mumkin: Bir vaqt yer osti dukillagandek bo'ldi. Ko'rdingiz - ku qancha yerga ekin ekkanman. Hokim cho'zilib yotgan yeridan turib, tashqariga chiqdi.
Yer so'zi dastlab, xuddi boshqa so'zlar singari bir ma'noli bo'lgan. Uning hozirgi tildagi manolariga esa shu so’z semantik stilistikasining taraqqiyoti natijasidir. Misollarga e'tibor berilsa, ularda o'zaro bog'lanish borligi ko’riladi.
Yasovchi so’zning ko'p manoli bolishida yasovchi affiksning yoki so'z yasalishiga asos bo'lgan so'zning ko'p ma'noligi ham rol o’ynaydi. Hamma vaqt shohsupada taltayib o'tiradigan yo'g'on gavdasi mana endi kichrayib, nortuyadek novcha bo'yi pasaydi. Ziyofatga borib ko'p yedik, ko'p ichdik. Qornimiz to'yib, ovozimiz pasaydi. Choyning suyuq, oshing tuzsiz deb xotinning ko'zini ochirmay qo ‘ydim.
Polisemantik so’z qancha ma'noga ega bo'lmasin, bu ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi. Xuddi shu xususiyat ko'p ma'noli so'zni omonimlardan farqlanadi, ko'p ma'noli so'zlar orasidagi aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi. Masalan: Bugun juma bo'lgani uchun Hakim boyvachcha va Mirzakarimboy o'z ulfatlarinikiga gapga kelishgan.
Izohli lug'atda lug'aviy birliklaming ma'nosi izohlanadi. Agar lug'aviy birlik ko'p ma'noli bo'lsa, uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma'nosi izohlanadi.
Umumiy izohli lug'atlarda so'zlarning ma'nosi izohlanadi, shuningdek, ularning grammatik stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko’rinadi. Lug'aviy birlikning ma'nosi izohlangach shunga misol keltiriladi. Bu tipdagi izohli lug'at o'zbek lug'atchiligi tarixida birinchi marta 1979 yilda yaratitdi va Moskvada nashr etildi.

Mavzu bo‘yicha savollar :

  1. O‘zbek tili leksikasining o‘z va o‘zlashgan qatlamlari haqida nimani bilasiz?

  2. Kalka nima? To‘liq kalka, yarim kalka va semantik kalka haqida gapiring.

  3. Zamonaviy qatlamning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Istorizm va arxaizmlarga nimalar kiradi?

  5. Umumiy va chegaralangan leksikaning guruhlariga nimalar kiradi?

  6. Jargon va argolar haqida nimalarni bilasiz?

  7. Emotsional-ekspressiv jihatdan o‘zbek tili leksikasi qanday turlarga bo‘linadi?

  8. Tilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?

9.O‘zbek tili leksikasidagi o‘zgarishlar haqida gapiring.
10.Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni ayting.
11.O‘zbek tili leksikasi qaysi yo‘llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda?

  1. Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani tushunasiz va

ularning usullari qanday?

  1. Tashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi? Quyidagi chizmani

daftaringizga ko‘chiring va uni yodda saqlang.

  1. Nutqda so'zni to'g'ri tanlash mezonlari nima?

  2. Tilshunoslikda ko'p ma'nolilikning ahamiyati qanday?

  3. Bir ma'noli so'zlar ko'lami to'g'risida nimalar deya olasiz?

  4. Polisemiya va monosemiya haqida ma'lumot bering?

Topshiriqlar

  1. -topshiriq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating.

Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal, koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar.

  1. - topshiriq. Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar toping. Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa.

  2. - topshiriq. So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini aniqlang. Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Turkiston, rasadxona, ochilg‘on, teleskop, kuyov, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, musofirxona, mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diplomatiya, aviasozlik, jumhuriyat, dukchi, charx, mug‘anniy, ashula, fermer, kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor, studiya, sanatsiya, asov, taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, aravakash, mahliqo, qalandarlar, rafiq, mushk-u anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim.

  3. - topshiriq. Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy so‘zlar toping. Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh.

  4. - topshiriq. A.Qahhorning «Jonfig‘on» hikoyasidan olingan parchani o‘qib, eskirgan va zamonaviy so‘zlarni toping va izohlang.

Malohatxon Jonfig‘on izvoshchilikdan haydalgan yili, mahalladagi aktiv ayollaming himoyasi ostida, erining qarshiligiga qaramay, rayon Sovetiga farrosh bo‘lib ishga kirgan ekan, o‘qibdi, hademay savodi chiqibdi, bir yilbir yarim yildan keyin hatto majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, Sizga savolim bor», deydigan bo‘libdi. Rayon Sovetining shofyori Timchenko degan ayol uning sog‘lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa, zehniga qoyil bo‘lib yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «sen shofyor bo‘lgin, nima yordam kerak bo‘lsa beraman», debdi. Malohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurar ekan, darrov ko‘nibdi. Shundan keyin Timchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibatda kirgizib ham qo‘yibdi. Jonfig‘on avvallari uning niyatiga, o‘qishga «notovon ko‘ngil..., orzuga ayb yo‘q» degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy minib yuribdi! Jonfig‘on bunga ham ko‘nikibdi — «ha, endi, minsa minibdi-da, shu ham martabami, mashinani o‘zi o‘ylab chiqaribdimi» deb, o‘ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda uch marta mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan o‘lchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi.
Tayanch tushunchalar eski qatlam, yangi qatlam, arxaizmlar, istorizmlar (eskirgan so‘zlar), neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan so‘zlar).

  1. - topshiriq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha).

Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala.

  1. - topshiriq. O‘zbek tiliga oid bo‘lgan quyidagi turkiy so‘zlarni uch guruhga ajratib ko‘chiring.

1.Tub so‘zlar. 2. Aslida yasama, hozirda bir o‘zakni tashkil qiluvchi so‘z.

  1. Yasama, qo‘shma, juft so‘zlar.

Tush, ish, bor, kel, uch, qush, bugun, bog‘ich, qalin, burun, ochko‘z, bo‘yinbog‘, bog‘lash, iturug‘, ayg‘oqchi, bola, dala, ertaga, to‘ng‘ich, kunbotar, miskar, tuz, baldoq, oltov, to‘ng‘iz ... Yuqoridagi so‘zlarni siz ham davom ettiring. Tayanch tushunchalar o‘zbek tili leksikasining boyish manbalari, ichki manba, tashqi manba, arabcha so‘zlar, forscha-tojikcha so‘zlar, ruscha-baynalmilal so‘zlar.
4-MAVZU: Til va terminologiya

Amaliy REJA:
mashgulot №4 1.O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2.Tilning lug‘at tarkibi.
3.O'zbek leksikografiyasi.
4.Umumiy va maxsus lug'atlar (Akademik, ommabop va o'quv lug'atlari).
5.Sohaviy lug'atlarda terminlar.
6.Tezaurus haqida ma’lumotlar.

So zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo llanilih, iste 'mol doirasi chegaralangan та *noda ishlatilsa terminlarga ay lan adi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling