O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi
Matn ustida ishlash: Kitob - bilim manbai
Download 1.47 Mb.
|
O‘zbek tilining sohada qo‘ llanilishi kitob hamma mavzulari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustrahkamlash
- Uyga vazifa
Matn ustida ishlash: Kitob - bilim manbai.
Matn mavzusi doskaga yoziladi va sharti tushuntiriladi. Talabalar uch guruhga bo linadi. Guruh talabalari o'zaro bahs-munozara yuritgan holda muammoni hal qiladilar. Tayanch so'zlar doskaga yoziladi: bilim o'chog'i, ma'naviyat xazinasi, yozma yodgorliklar, bilimli kishi xor bo'lmaydi, kitobning mening hayotimdagi o'rni va boshqalar. Matn yuzasidan ishlash uchun FSMU usulidan foydalanamiz. Bu usul quyidagicha tarkibga ega: F - fikrlang; S - sabab ko'rsating; M -misol keltiring; U - umumlashtiring. Berilgan topshiriq yuzasidan talabalar o'z fikrlarini bildiradilar. Kitobning afzalliklari haqida mulohazalarini yozma og'zaki tarzda bayon etadilar. Mavzuni mustrahkamlash: bunda talabalar tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar va krossvordlardan foydalanish. Shu bilan bir qatorda testlar bilan ham ishlash. Xulosa: o'rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi. talabalarda sodda gap va uning grammatik asosi va bir bosh bo'lakli va ikki bosh bo'lakli gaplardan o'rinli foydalanish ko'nikmasini shakllantirildi. v) milliy qadriyatlarimiz ma’naviy boyligimiz bo'lgan hikmatlardan foydalangan holda insinuy fazilatlarni rivojlantirdik. Uyga vazifa: mavzuni o'qib-o'rganib kelish so'zlarning tobe bog'lanish yo'llari yuzasidan gaplar tuzish va tahlil qilish. Topshiriqlar topshiriq: Amir Temur tomonidan aytilgan o‘gitlarni daftaringizga yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling. Ulamolar suhbatida bo‘l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik - mardlik, kechira bilmaslik - nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bo‘lar. Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning kulgani - siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kuch - adolatdadir. topshiriq: Hadislarni o‘qing. Ularning hayotimizga naqadar to‘g‘ri keli- shi haqida fikr yuriting. 0‘zingiz ham hadislarga namunalar ayting va daftaringizga yozing. Kasbning eng yaxshisi - kishining o‘z qo‘li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. Sadaqaning afzali - musulmon kishining ilm o‘rganib, so‘ng boshqa musulmon birodarlariga ham o‘rgatishi. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi. Ilmni yozib qo‘yish bilan bog‘lab olinglar. Ilm ibodatdan afzal. Jannat onalar oyog‘i ostidadir. Kimki shoshmay, sabr-qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to‘g‘ri chiqadi. Saxiy kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling