O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan testlar


a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi


Download 184.5 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1602158
1   2   3
Bog'liq
O\'ZBEK TILINING SOHADA QO\'LLANILISHI FANIDAN TESTLAR111

a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik hodisa ro’y beradi?

  1. Tovush o’zgarishi

  2. Tovush ortishi

  3. Tovush tushishi

  4. Hech qanday fonetik hodisa bo’lmaydi




  1. o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik hodisa ro’y beradi?

  1. Tovush tushishi

  2. Tovush o’zgarishi

  3. Tovush ortishi

  4. Tovush almashishi




  1. u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha qo‘shimchalari qo‘shilganda qanday fonetik hodisa ro’y beradi?

  1. Tovush ortishi

  2. Tovush tushishi

  3. Tovush o’zgarishi

  4. Tovush almashishi




  1. Quyidagi javoblardan qaysi birida barg, pedagog, bog‘ kabi so‘zlarga jo’nalish kelishigi -ga qo’shimchasi to’g’ri qo’shilgan?

  1. bargga, pedagogga, bog‘ga

  2. barkka, pedagokka, boqqa

  3. bargga, pedagogga, boqqa

  4. barkka, pedagokka, bog‘ga




  1. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini belgilang.

  1. qabulxona, tabriknoma, taklifnoma

  2. beda poya, tabrik noma, taklifnoma

  3. xush xabar, ham suhbat, orom baxsh

  4. umum-xalq, sovuq-mijoz, dev-sifat




  1. Chiziqcha bilan yozish qoidasiga to’g’ri amal qilingan qatorni belgilang.

  1. bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi

  2. beda-poya, aldab-suldab, dil-noma

  3. xush-xabar, ham-suhbat, orom-baxsh

  4. umum-xalq, sovuq-mijoz, dev-sifat




  1. Quyidagi berilgan so’zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?

  1. to‘q qizil, jiqqa ho‘l

  2. tog‘olcha, cho‘lyalpiz

  3. suvilon, qashqargul

  4. mingboshi, so‘zboshi




  1. Bosh harflar imlosi to’g’ri qo’llangan qatorni belgilang.

  1. Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum

  2. Rossiya federatsiyasi, Misr arab Respublikasi

  3. Sog‘lom Avlod uchun, “O‘zbekistonda Xizmat Ko‘rsatgan fan arbobi”

  4. Fanlar Akademiyasi, Tilshunoslik Instituti




  1. Bo’g’in ko’shirish qoidalari to’g’ri berilgan qatorni toping.

  1. va’-da, mash’-al

  2. ma’-rifat, ma-sh’al

  3. aba-diy, e-shik

  4. mudofa-a, matba-a




  1. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) qay tartibda ko‘chiriladi?

  1. si-ngil, de-ngiz

  2. mais-hat, pi-choq

  3. sin-gil, den-giz

  4. ko’n-gil, mus-ht




  1. Paronimlar berilgan qatorni toping.

  1. Shoh-shox, she’r-sher

  2. Aka-singil, ota-ona

  3. Chiroyli, go’zal

  4. Ot, o’t




  1. Antonimlar berilgan qatorni toping.

  1. Baland-past, tun-kun

  2. Chiroyli, suluv

  3. Shoh-shox, she’r-sher

  4. Yam-yashil, kom-ko’k




  1. Omonimlar berilgan qatorni toping.

  1. Son, olma

  2. Baland-past, tun-kun

  3. Chiroyli, suluv

  4. Shoh-shox, she’r-sher




  1. Faqat undоsh tоvushlаr кеltirilgаn qаtоrni tоping:

  1. n, j, b, l, r, m, p, v, f

  2. a, b, v, g, i, d, e, х, j

  3. g, о, h, i, d, а, b

  4. r, t, а, ya, y, е, m, s, ch




  1. O‘zbek tilida nutq tovushlari nechta?

  1. 30 ta

  2. 29 ta

  3. 23 ta

  4. 6 ta




  1. Hissiy-ta’siriy jihatdan betaraf so‘zlar berilgan javobni toping.

  1. Yil, kun, oy

  2. Olma, zimiston, jamol

  3. Ko‘rkam, dono, dilbar

  4. Fusunkor, jilvakor, mayin




  1. Ijobiy-bo‘yoqdor so‘zlar berilgan qatorni toping.

  1. Lobar, samo, malak

  2. Serjahl, aqlli, kitob

  3. Maymoq, tulki, qalam

  4. Xumkalla, bashmoq, daftar




  1. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’noning ko‘chishini aniqlang.

  1. Men ham tirnoqqa zor emasman

  2. Uning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi.

  3. Yoshlarni fan cho‘qqilarini egallashga undadi.

  4. Har bir kishining ko‘zi cho‘l tomonga tikilgan.




  1. Qaysi qatorda ko‘chma ma’noli so‘z berilgan?

  1. Elyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.

  2. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsoldir.

  3. Ko‘ldagi suv jimirlab turar, silliq toshlarga ohista urilardi.

  4. Yomon odamni tanqid qil, yaxshi odamga taqlid qil.




  1. Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin, Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf) Ushbu satrda ma'no ko‘chishining qaysi ko‘rinishi bor?

  1. metafora

  2. metonimiya

  3. sinekdoxa

  4. vazifadoshlik




  1. Mulk so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?

  1. Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak.

  2. Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma'naviy mulkiga aylandi.

  3. Husn mulkida kishi tanho bo‘lurmu muncha ham.

  4. barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma'noda qo‘llangan




  1. Sayramoq so‘zi qaysi gapda salbiy ma’noda qo‘llangan?

  1. Jo‘ralari orasida "shirinsuxanlik" bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi.

  2. Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi.

  3. Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi.

  4. Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi.




  1. Qaysi qatorda zid ma'noli so‘zlar birgalikda yangi so‘z hosil qilgan?

  1. yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan

  2. yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora

  3. uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz

  4. katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past



  1. Metonimiya qatnashgan gapni toping.

  1. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi.

  2. Bahor kelinchakdek yasanib keldi.

  3. Besh qo‘l barobar emas.

  4. Ma’naviy barkamol inson komil inson bo‘ladi.




  1. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir, deb qaysi manbaada yozib qo‘yilgan?

  1. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida

  2. O‘zb. Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida

  3. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida

  4. O‘zb. Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasida




  1. Sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chgan qatorni aniqlang.

  1. Dunyoda tashvishlarni ko‘p chekdi boshim

  2. Zebining so‘zlaridagi og‘ir ma’yuslikni payqay olmadi.

  3. Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni ulashni buyurdi.

  4. Tog‘ etagi bo‘ylab aylantirib chiqdi.



  1. Metafora qatnashgan gapni toping.

  1. Daryoning yoqasida bir chol o‘tin terardi

  2. Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlaydi.

  3. Dasturxonga boqqan do‘st emas.

  4. Bilim hamisha farazlardan boshlanadi.



  1. Ushbu gapda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? Fevralning etaklarida kun ilib ketdi.

  1. metafora

  2. kinoya

  3. metonimiya

  4. sinekdoxa



  1. Berilgan so'zlarning qaysi birida birinchi bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in hisoblanadi?

1) dengiz, 2) shtanga, 3) singil, 4) ko‘ngil

  1. 1, 3, 4

  2. 1, 2

  3. 2, 3

  4. 1, 2, 3, 4


  1. Download 184.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling