O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023
Download 1.17 Mb.
|
Majmua O\'TSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Sohaga oid atamalarni yig‘ish. Terminlarning yasalishi Reja
Tezaurus (yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha soʻzlarni qamrab oladigan, ularning matnda qoʻllanish holatlarini toʻlatoʻkis aks ettiradigan lugʻat. Jonli tilning lugʻat tarkibi doimo oʻzgarib turishi sababli Tezaurus faqat oʻlik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma yedgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lugʻatlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lugʻatlar) shunday lugʻatlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A. K. Borovkov, E. I. Fozilov, A. Najiblarning 13—14-a. lar turkiy yozma yedgorliklari asosida tuzilgan lugʻatlari ham glossariy, ham Tezaurus belgilariga ega. Soʻz tanlash prinsipiga koʻra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili boʻyicha tuzilgan lugʻatlar ham Tezaurus hisoblanadi;
2) bironbir ilmfan sohasiga oid lugʻaviy birlik (soʻz) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar oʻrtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lugʻat. Bunda soʻzlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador soʻzlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli soʻzlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan Tezaurus leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lugʻatini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi. Mavzu: Sohaga oid atamalarni yig‘ish. Terminlarning yasalishi Reja: 1. Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi. 2. Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi 3. Sohaviy terminlarning semantik usul bilan yasalishi Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi. «Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar. Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim. Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmidagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S. Ibrohimov, S. Akobirov, Olim Usmon, R. Doniyorov, H. Shamsiddinov, A. Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi. Atamalarni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi: 1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar. 2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling