O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua urganch – 2023


So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Download 1.17 Mb.
bet9/85
Sana04.11.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1748090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
Majmua O\'TSQ

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
I.Omonimlar (shakldosh so‘zlar): aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil
bo‘lgan so‘zlardir: tut (daraxt) – tut (tutmoq), og‘iz (odamning og‘zi) – og‘iz (mol suti), ot (hayvon) – ot (ism) – ot (otmoq) – ot (so‘z turkumi).
ESLATMA: 1. Har xil turkum doirasidagi omonim so‘zlarga grammatik shakllar
(qo‘shimchalar) qo‘shilsa, omonimlik yo‘qoladi.
Mas.: qo‘y (hayvon) + ni – qo‘yni,
qo‘y (qo‘ymoq) + di – qo‘ydi (omonimlik yo‘qoldi ).
2.Bir xil turkum doirasidagi omonim so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilsa, omonimlik saqlanadi. Mas.: chop (yugurmoq) + di – chopdi,
chop (kesmoq) + di – chopdi ( omonimlik saqlandi ).
yoz (fasl) + da – yozda,
yoz (yozmoq) + di – yozdi,
yoz (yoymoq) + di – yozdi ( birinchi so‘zda omonimlik yo‘qoldi, ikkinchi va uchinchi so‘zda omonimlik saqlandi ).
II.Sinonimlar ( ma’nodosh so‘zlar): Aytilishi va yozilishi har xil, ammo ma’nosi bir biriga yaqin so‘zlar. Mas.: yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, oraz, ruxsor; osmon, samo, falak, ko‘k; yer, zamin.
Bir ma’no atrofida uyushgan so‘zlar sinonimik qatorni tashkil qiladi. Sinonimik qatorda betaraf (asosiy, bosh,) so‘z yoki dominanta bo‘ladi. Betaraf so‘z ijobiy ham, salbiy ham ma`no ifodalamaydi, boshqalarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, barcha uslublarda ishlatila oladi. Yuqoridagi sinonimik qatorda yuz, osmon, yer betaraf so‘zlardir.
ESLATMA: 1. Bir so‘z sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin. Mas.: mard, jasur, botir, dovyurak, qo‘rqmas – qo‘rqoq.
2. Ko‘p ma`noli so‘z har bir ma`nosi bilan alohida sinonimik qator hosil
qilishi mumkin. Mas.: tez – jadal,
tez (odam) – jizzaki,
tez (kunlar) – yaqin.
3. Ma’nodosh so‘zlar bir-biridan muayyan uslubga xoslanishi va emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma’nodoshlik qatorida yuz so‘zi biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq so‘zlarida esa salbiy bo‘yoq darajalangan holda o‘z ifodasini topgan, ko‘proq so‘zlashuv uslubida ishlatiladi; chehra, jamol so‘zlarida ijobiy
bo‘yoq mavjud bo‘lib, ular, asosan, badiiy uslubga xoslangan; oraz, uzor, ruxsor so‘zlari esa eskirgan va ko‘proq kitobiy uslub doirasida qo‘llanadi.
4. Ma’nodosh so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling