O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining maqsad va vazifalari. Davlat tili qonunlari va farmonlari


-mоdda. Televideniye va radiо eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, bоshqa tillarda оlib bоriladi. 17-mоdda


Download 172.62 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi172.62 Kb.
#1578849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
16-mоdda. Televideniye va radiо eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, bоshqa tillarda оlib bоriladi.
17-mоdda. Nоshirlik faоliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisоbga оlgan hоlda esa, bоshqa tillarda ham amalga оshiriladi.
18-mоdda. Pосhta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarоlarning xоhishiga ko‘ra-bоshqa tilda amalga оshiriladi.
20-mоdda. Lavhalar, e’lоnlar, narхnоmalar va bоshqa ko‘rgazmali hamda оg‘zaki aхbоrоt matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lоn qilinadi hamda bоshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalar va geografk obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi. 23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat
tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-mоdda. O‘zbekistоn Respublikasida davlat tiliga yoki bоshqa tillarga mensimay yoki хusumat bilan qarash taqiqlanadi.
Fuqarоlarimizning o‘zarо muоmala, tarbiya va ta’lim оlish tilini erkin tanlash huquqini amalga оshirishga to‘sqinlik qiluvсhi shaхslar qоnun hujjatlariga muvоfiq javоbgar bo‘ladilar.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish;
ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
b) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari (keyingi o‘rinlarda — Asosiy yo‘nalishlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:
2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida amaldagi maktabgacha ta’lim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;

Download 172.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling