O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun
ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi
(matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va
videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va
yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir. (beshta
bolali ayol)
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi
yoki rad etishi mumkin.(“Shaytanat” dagi Asadbek)
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan
ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan
ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:


- muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish, suhbatdoshga
ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi;
- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash;
- suhbatdosh shaxsini belgilash;
- o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini tasavvur
qiladi (odatda anglanmagan holda);
- inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq vositalar, nutqiy
iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab qo‘yadi;
- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa o‘rnatish asosida
muloqot samaradorligini nazorat qilish;
- muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi muloqotdan
kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish
qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik
jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira
olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish
zarur.[2]
Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi
mumkin.
Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh,
tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va
axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq.
Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio,
televidenie, internet va h.k.) jismlar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan
odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar,
odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan
holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan
boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.
“Klaster” grafigi asosida o‘quvchining muloqot mavzusiga doir bilimlarini tizimlashtirish
1-topshiriq
Muloqot
Nutq
Til


2-topshiriq.
Muloqotning kommunikativ tomonlari
Muloqot vazifalari
«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» TEXNIKASI
Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh
o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va bosh-qalarni o‘rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la
hajmda egallab olishdan iborat.
«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.
2.Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun
o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari– taqdim etiladi.
3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.
4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
5.Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi.
Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni
taqdimotga tayyorlashadi.
Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.
2-ilova Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan
yondashing.
Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog‘imiz lozim:
• Boshqalarga o‘rgatish orqali o‘zimiz o‘rganamiz;
• Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho‘kib ketamiz.
3-ilova Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari


4-ilova
1. Muloqot tushunchasining mohiyatini izohlang?
2. Muloqot turlarining mohiyatining izohlang?
3. Muloqot vazifalari nimalardan iboratligining ko‘rsating?

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling