O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


-MAVZU: KASBIY MULOQOT JARAYONI


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

15-MAVZU: KASBIY MULOQOT JARAYONI
Reja:
1. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari.
2. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni.
Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari.
Muloqot texnikasi tug‘ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. 
Balki
izlanish
,  ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning
uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u
har bir kishining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki nutqiy san’at -


bu qandaydir qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-
harakatdir.
Muloqot texnikasining zaruriy sharti – bu o‘qituvchining o‘z e’tibori va o‘quvchilarning
e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bog‘liq bo‘ladi:
–Mehnat – bu behad izlanish va o‘z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand bo‘lish, boshdan
kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.
–San’at – bu qandaydir qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan
xatti-harakat.
Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar:
1. Nuqsonli ovoz
2. Tovushni noaniq aytish
3. Nafas olishdagi tartibsizliklar
4. 
Nutq tempi
, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik
Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:
1.Muloqot madaniyati – savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib
bayon etish, o‘z fikr va his- tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash.
2.Mimik pantomima – aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum.
3.Hissiy holat – jiddiylik darajasi, 
xayrxohlik kayfiyatini saqlash
, o‘zining hissiy holatini tashkil
etish.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling