O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi
Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari
Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni takomillashtirib va ularni bir qadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari uchun xos bo‘lgan yangi unsurlarni qo‘shadi. Yozma nutq ta’lim jarayonida maqsadli ravishda egallab boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy muloqoti jarayonida ularga taqlid qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha yuqori talab qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan) tuzatishsiz kechadi. Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya’ni mimika, jestlar ishtirok etmaydi. Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat'iy me’yorga va tartibga solingan adabiy tildan foydalanadi. Adabiy so‘zlashuv uslubida gaplarda so‘zlarning tartibi qaror topgan, inversiya (so‘z tartibining o‘zgarishi) ham unga xos bo‘lib so‘zlovchining hissiyotini yorqin tasvirlashga xizmat qiladi. Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z leksikasi bilan og‘zaki so‘zlashuv uslubidan farq qiladi. Adabiy so‘zlashuv uslubi leksikasiga oid so‘zlar “Imlo lug‘ati”dan joy olgan bo‘lib umum uchun tushunarlidir. Yozma nutq. Yozma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir. Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi: 1. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan "uning libosi" bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko‘zlangan maqsadni (fikrni) to‘liq ro‘yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi ham so‘zlovchi ham zarar ko‘radi. 2. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni ushlab ko‘rgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Agar xotira ozgina "dangasalik" qilsa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik bog‘lanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi. Masalan, "Ustoz, sizni...xalq oldida qilgan ulkan xizmatlaringizdan biz minnatdormiz!". Misolda so‘zlovchi nutqning "Ustoz, sizni..." qismini aytgandan so‘ng uni qanday rivojlantirish ustida qilgan mulohazasi jarayonida avvalgi qismini, avval o‘ylangan modelni unutib qo‘ygan. Shu sababli tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi qismlar bilan grammatik va mantiqan bog‘lanmay qolgan. 3. Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi. 4. Og‘zaki nutqda, odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutqni kuchli tejash bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra unga uzundan-uzoq kirish, keng izohlar kam uchraydi. Aksincha, hodisalarning, narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi. 5. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Unda bir xil so‘zlar bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash, qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. 6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam (pauza) ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi. 7. Og‘zaki nutq tilning noverbal vositalari: turli mimika va jestlar yordamida ifodalanish imkoniga ega. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling