Glossariy
Sintagma – (yun. Syntagma – qandaydir birikkan, birga qo‘shilgan narsa) – 1) og‘zaki nutq
yoki yozilgan matndan tegishli gap doirasida muayyan intonatsion- mazmuniy birlik sifatida
ajratib olinadigan bo‘lak, parcha. Ushbu ma’noda sintagma bir so‘zdan, so‘zlar guruhidan va bir
butun gapdan iborat bo‘lishi mumkin.
Topshiriq
Berilgan misol tarkibida nechta sintagma mavjud?
Eng buyuk jihod insonning nafsi bilan – shayton bilan qilgan jihoddir. Sen ham doim ularga
qarshi kurash.
1. 6 sintagma B) 7 sintagma C) 8 sintagma D) 9
sintagma
Og‘zaki nutq:
Salomatligingizni mustahkamlash uchun nimalar qilasiz?
Shifokor huzurida bemor bilan bo‘lib o‘tgan nutqiy muloqotni hikoya qiling. O‘zingiz bilgan
mashhur sportchining hayotidan biron lavha so‘zlab bering. Yozma nutq:
Siz shifokorsiz. O‘z mijozingizga dori-darmonlardan foydalanish haqida tavsiya yozish.
Sportchi to‘g‘risidagi matn mazmunini kengaytirib yozish.
Mavzu bo‘yicha testlar:
2. Yozma nutq qat’iy me’yorga va tartibga solingan… foydalanadi.
a) adabiy tildan
b) umumxalq tildan
c) til boyligidan
d) lug’at tarkibidan
3. Yozma nutqning asosiy… - og‘zaki nutqni qayd qilish, uni zamon va makonda
saqlashdan iborat.
a) vazifasi
b) maqsadi
c) burchi
d) rejasi
4. Og‘zaki nutqning xususiyatlarini ko‘rsating.
a) tahrir imkoniyatidan mahrum
b) tezkorlik bilan amalga oshiriladi
c) noverbal vositalardan foydalaniladi
d) barcha javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: