O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
Rеfеrаt – badiiy yoki ilmiy
manba asosida tayyorlangan , ma’lum bir mavzu yuzasidan ma’lumot beruvchi qo‘llanma ma’nosida kelsa, ikkinchisi – aniq bir ilmiy ish yoki kitob haqida qisqacha tushuncha beradi. Shu bilan birga u matnning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning shaxsiy fikrini ham aks ettiradi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari: Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar , natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari ; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar ; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi. Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: 1. Titul varag‘i – ma’lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi), loyihaning ilmiy rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir o‘quv muasasasiga taalluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim. 2. Reja – o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va aniq raqamlar orqali belgilanishi asosida tuziladi. 3. Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga asosan aynan shu mavzu tanlangani , uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini to‘liq qamrab oladi. 4. Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida mavzuning asl mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki mavzuning aniq bir tomoni ko‘rib chiqiladi , hamda unga muvofiq nazariy mulohazalar, muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi. 5. Xulosa – bu qism referat uchun umumlashtiruvchi so‘nggi so‘z vazifasini bajaradi. Unda amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va kelgusida tavsiyalar beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar ( kitoblar , matnlar, jurnal va monograflar)ni qamrab oladi. 6. Referat hajmi - 14-15 bet (A4 format)dan iborat bo‘lishi kerak. 7. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling