O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


piktografik(rasmli), ideografik


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

piktografik(rasmli), ideografik(g‘oyaviy), logografik(har bir so‘zga bitta belgi), nihoyat, ilk
bor qadimgi Finikiyada fonografik yozuv (har bir tovushga bittadan belgi) joriy etildi
1920-yillardan boshlab, maktab-maorif sohasida madaniyat va adabiyotda o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Adabiyotimizga yangi yorqin iste’dodlar kirib keldi. O‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi,
grammatik qurilishi aniqlasha bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrdagi sessiyasi o‘zbek
tiliga 
davlat tili maqomini berdi
,  O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili deb e’lon
qilindi.O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida qurultoy,
sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublika davlat tilida olib boriladi va aynan
tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbek xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim
voqealardan biri bo‘ldi.
1992-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi
sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasining qonuni qabul qilindi.
Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak madaniyatga erish-ganligining o‘ziga
xos ko‘rinishi sanaladi.So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik 
millatni yakdillikka
,
ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab
chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi.Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda
tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu
bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.O‘zbek tiliga davlat 
tili
maqomining berilishi
, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish
uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi aliiboning joriy etilishi esa bu
jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini
tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. 


«O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida»gi qaror 82 banddan iborat
bo‘lib, quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1.Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi (1-7-bandlar); b) undoshlar imlosi (8-32-bandlar).
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar).
3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar).
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar).
5. Ajratib yozish (57-56-bandlar).
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar).

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling