O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra
metafora , metonimiya, sinekdoxa , vazifadoshlik singari turlari ma`lum Tilning leksik qatlamlari Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so‘zlarning paydo bo‘lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug‘at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo‘ladi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy , siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik , leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir etish ayniqsa leksikada bo‘ladi. O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta’sir bilan izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibida shu tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan birga o‘zlashgan qatlam ham yuzaga kelgan. O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek , turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkey tillar uchun umimiy bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z turkumida bor. Masalan: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari va boshqalar. O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi: 1.Asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar:qatnashchi, terimchi, qotishma , qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha kabi; 2.o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar; a)tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz, xastalanmoq; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbarlik, qimmatli , ovqatlanmoq; v) ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi,betonlamoq; 3.boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash , kitobxon, vagonsoz, ilmiy. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling