O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

O‘zlashgan qatlam

Forscha-tojikcha so‘zlar. Fors-tojik tilidan so‘zlar tovush o‘zgarishlarisiz olingan. So‘z
o‘rtasi va oxirida qo‘sh 
undoshlar keladi
, tarkibida no-, ba-, be-, ham- kabi old qo‘shimchalari


bo‘ladi. Masalan: andisha, barg, bahor, daraxt, farzand, daromad, buromad, ozoda, noma’lum,
bedarvoza, hamkasb.Arabcha so‘zlar. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘pchiligi fan va
dinga oid bo‘lib, asosiy qismi fors tili orqali kirgan. Masalan: adabiyot, kitob, oila, davlat,
mehnat, 
muqaddas
,
 
san’at,
 
a’lo,
 
mutolaa,
 
doim,
 
inshoot kabi.
Ruscha-baynalmilal so‘zlar. Rus tili va u orqali g‘arb tillaridan o‘zlashgan so‘zlar 
fan-
texnika
, siyosiy-iqtisodiy sohalarga oid. Bu so‘zlar ikki usulda: aynan va kalkalab olish bilan
o‘zlashgan. Bunday so‘zlar o‘rtasida undoshlar yonma-yon keladi, so‘z oxirida qo‘sh 
undoshlar
,
qorishiq tovushlar, old qo‘shimchalar ishlatiladi. Masalan: benzin, vokzal, stol, deputat,
dialect, 
diagramma
,
 
budjet,
 
sentabr,metal,interaktiv kabi.

Ijtimoiy-siyosiy leksika.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hamda mustaqillikka erishganligimiz
munosabati bilan tilimizda qo‘llanilib kelayotgan ruscha va rus tili orqali kirib kelgan
terminlarning anchasi har ikkala tildagi mos muqobillari bilan almashtirila boshlandi. Masalan,
o‘zbek tilida qo‘llanib kelgan terminlar quyidagicha almashtiriladi: Abstrakt – mavhum, avtograf
– dastxat, adaptatsiya – 
moslashish
, administratsiya – ma’muriyat, direktiva – ko‘rsatma, krizis –
tanglik va b.
Ijtimoiy-siyosiy terminlarning paydo bo‘lish tarixini qadimdan boshlashimiz zarur.
Umumturkiy meros bo‘lmish O‘rxun-Enasoy va boshqa yodnomalarda o‘z ifodasini topgan
qag‘an, budun, balыq (“shahar” ma’nosida), sab (“kengash” ma’nosida), bitikchi (“kotib”
ma’nosida), alp (“qahramon” ma’nosida) kabi terminlar buning yaqqol misolidir. Ijtimoiy-
siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar, tabiiyki, o‘zining leksik qatlamlarida ham o‘z ifodasini topadi.
Bu fikrimizni M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi quyidagi ijtimoiy-siyosiy
terminlar misolida ham ko‘rish mumkin : and, buzun, baæ, boæun (“jamoa” ma’nosida), bachèg‘
(“ahd” ma’nosida), beg, æarlèg‘, boæ (“qabila” ma’nosida), æag‘è, bulg‘aq (“fitna” ma’nosida),
æer (“mamalakat” ma’nosida) va hokazo 1. O‘sha davr ijtimoiy-siyosiy terminologiyasing
muhim 
xususiyatlaridan biri shundaki
,  ularning ba’zilari hozirgi kunda ham o‘zbek va
qoraqalpoq hamda boshqa turkiy tillarda faol qo‘llanib kelinmoqda (el-el, boy-bay, ont-ant).
H.Dadaboyevning dissertatsiya ishiga obyekt qilib olingan XI-XIV asrlar yozma yodgorliklari
tilidagiqiyoslash uchun olingan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlardan bugungi kunda
uyg‘ur tilida-348, qozoq tilida-220, qirg‘iz tilida-244, turk tilida-370, o‘zbek tilida esa-390 tasi
ishlatilar ekan. 2. O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab rus tilidan va yevropa tillaridan kirgan o‘zlashmalar hisobiga boyiy boshladi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi har qanday o‘zgarish uning terminologiyasida ham o‘z izini qoldiradi.
Ijtimoiy-siyosiy terminologiya 
deganda siyosiy tuzum
, ijtimoiy va siyosiy guruhlar, 
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling