O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
OTSQ qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
partiyalar , oqimlar va ularning vakillari, hukumat yig‘ilishlari va muassasalari , davlatni boshqarish va uning organlari, dunyoqarashlar , mulkiy munosabatlar, ichki va tashqi siyosat , ijtimoiy-siyosiy hujjatlar, axloq masalalari , xullas, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar majmuyi tushuniladi. O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy terminologik lug‘ati 1976- yildayoq nashr etilgan edi. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi. Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha terminologiyalarini ham boyitishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch holatga e’tibor berish zarur bo‘ladi: Muayyan bir tilda, shuningdek , o‘zbek tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshlangan edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtiriladi, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan, taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi , yig‘im, qonun, qaydnoma, baho, xo‘jalik kabi yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida amal qilinaveradi. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba , bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: jamg‘arma, ijarachi, ishsizlik , uyushma, tejamkor, iqtisodiyot, tadbirkor , bojxona, qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning bir qismi tegishli ruscha- baynalmilal muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan. Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan bir qatorda fors-tojikcha , arabcha, shuningdek, ruscha- baynalmilal leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor, daromad, dastmoya kabi fors-tojikcha so‘zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo‘lib qo‘llanmoqda. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to‘ldirilishi haqida gap ketganda shuni aytish kerakki , rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga, xususan, o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar, buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar. Tilning lug`at tarkibida so‘zlardan tashqari ko‘z tikmoq, qo‘li yegri, ko‘ngil bermoq kabi iboralar ham mavjud. Iboralar frazeologizmlar deb nomlanib, ularni o‘rganuvchi bo‘lim Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling