O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1119819
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
OTSQ qollanma

Savol va topshiriqlar
1. Tilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
2.
O‘zbek tili leksikasi qaysi yo‘llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda?
3.
Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani tushunasiz va ularning
usullari qanday?
4. Tashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi?
5. Leksikografiya nima va u nimalar haqida bahs yuritadi?
6. Lug‘at deganda nimani tushunasiz va u qanday turlarga bo‘linadi?
7. Ensiklopedik lug‘at bilan filologik lug‘atlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
8. Izohli va tarjima lug‘atlarning farqini ayting.
9. Atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
10. Bo‘lajak kasbingiz haqida hikoya qiluvchi matn tuzib, uni badiiy uslubda ifoda eting.
11. Atamalar qanday guruhlarga bo‘linadi va ular qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi? 
12. O‘zbek tilida chetdan qabul qilingan atamalar haqida ma’lumot bering.
Topshiriqlar:
1.Quyidagi atamalarning ma’nolarini izohlab bering: xat boshi, bosh gap, tinish belgilari, lug‘at,
lahja, elektron texnologiya, innovatsion faoliyat, novatsiya, investorlar kabilar.
2. O‘zingizning bo‘lajak kasbingizga oid o‘nta so‘z toping, ularning sinonimlarini aniqlang.
1-mashq. Kompozitsion usul bilan yasalgan so‘zlarni namunadagidek ko‘chirib yozing.
Namuna: Qo‘shma otlar: oqqush... Qo‘shma ravishlar: har yerda... Qo‘shma sifatlar:
sheryurak... Qo‘shma fe'llar: borib kelmoq...
Bilaguzuk, olachipor, tamom bo‘lmoq, shirinso‘z, achchiqtosh, sakkizoyoq,
bodomqovoq, 
oltingugurt
, tillaqo‘ng‘iz, e'lon qilmoq, kamunum, obod aylamoq, olib kelmoq,
sarson etmoq, tumanlararo, biryo‘la, umum-xalq, bir zumda, kinonigoh, sadarayhon,


o‘zibo‘larchilik, tekintomoq, 
ikkiyoqlama
,  ta'zim aylamoq, kinoyulduz, olibsotar, g‘ayrat
qilmoq, kirib chiqmoq, havorang, oshpichoq, kamsuv, biokimyo, umumshahar.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling