0‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan
boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va
badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”,
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, shuningdek,
Atoiy, Sakkokiy, Mavlono Lutfiy, Bobur, Alisher Navoiylaming yaratgan boy ilmiy-
adabiy meroslarini tilga olish mumkin.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor kuchaydi va ona
tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining
taraqqiyoti va istiqboli
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1995-
yilning
21- dekabrida 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Davlat tili
haqida»gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib,
uning
birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi
moddasida
yozilganidek, « O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili — o‘zbek
tilidir» deb yozib qo‘yilgan. 0 ‘zbek tilida to‘ g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona
tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish,
uning
iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi.
Xususan,
har bir yosh, o‘quvchi va talaba ona tilidagi so‘z
boyligini oshirish
hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir.
So‘z — fikrning
qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi,
dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: