O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi
Download 215.12 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Ma\'ruza
1-mavzu: “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi ” fanini o`qitishning maqsad va vazifalari. REJA: 1. O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi fanining o’rganish obyekti 2. O’zbek tilining sohalarda qo’llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3.O’zbek tili va davlat qonunlari Tayanch so‘zlar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb- hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya. Ushbu fan talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; o‘zbek adabiy tili me’yorlari, oʻzbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, nutq uslublari, sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi. Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21- oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda “O‘zbek tilini 2020-2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning o‘zbek tilida sohalar bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqida mutaxassislikka oid sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarda o‘zbek tilida yozma va og‘zaki ravishda aniq, toʻgʻri va ravon nutq tuzish malakasini takomillashtirish; ularning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish, sohada nutq uslublari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xususan, soha doirasida qo‘llaniladigan rasmiy- idoraviy ish hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirishga o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda o‘zbek adabiy tili me’yorlarga mos tarzda nutq yaratish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o’z echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik. Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog’liq muammolar ham asta-sekin echimini topmoqda.“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ”ga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustivor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. O’zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o’rganish ham “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” sohasi uchun nixoyatda muhimdir. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi ” kursinining barcha o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir. “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi ” kursi lingvistik sohalarning barchasi bilan chambarchas aloqador,u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, “O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi ” sohasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi, boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi. Oʻzbek tili tarixiga nazar O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda shuningdek,Afg’oniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi. Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular: 1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o’g’uz lahjasi. Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O’zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg’ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan. Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari,O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”,”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O’zbek adabiy tili Lutfiy,Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi. Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hyech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi» . Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmog‘i, ya’ni fikrlash markazi bo‘lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bo‘lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o‘zaro ijtimoiy munosabat - muomala vositasi, materiali bo‘lib qolaveradi. Til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum bo‘lib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko‘magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo‘lgan munosabatda to‘rtinchi bosqich yuzaga keladi. Shu o‘rinda akademik V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etish . Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammallashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. . Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi. Aytilganlardan anglashilayaptiki, til va nutq tizimida me’yor ham o‘z o‘rniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, me’yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan. Mana shu o‘rinda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltirish muhim: «Me’yor ta’rifida «jamiyat (ijtimoiy) tomonidan belgilangan, aniqlangan qonuniyatlar va imkoniyatlar» tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlarni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nutqda yuzaga chiqar ekan, uning qanday shakl va ko‘rinishda voqyelanishi jamiyat tomonidan muayyan me’yorlar bilan belgilangan bo‘ladi. Masalan, «bu yoqqa kel» tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamoqchi bo‘lsak, ko‘rsatkich barmoqni yoki qo‘lni ishora qilinayotgan kishidan o‘zimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Og‘zaki nutqda esa jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bo‘lib, biz ularni talaffuz etishimiz - aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi me’yorning tarkibiy qismlaridir. Shunga ko‘ra til imkoniyatlari me’yor darchasidan o‘tib, nutqda yuzaga chiqadi». Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bo‘lgan ehtiyoji ham o‘sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa o‘z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o‘rganishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi iste’molda bo‘lish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bo‘lsa, til va nutq me’yorini o‘rganish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida iqtisodchi-bakalavrlarga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda iqtisodiy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy matnlarni yaratishni o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra institut talabalari uchun “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa barcha sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak kasb egalari tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch- qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak kasb egalari davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun, dasturda til bilimlariga alohida urg‘u berildi. Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr til bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Download 215.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling