Yozma muloqot

Download 1.68 Mb.
bet1/4
Sana30.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1733456
  1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu Akademik yozuv va axborot

Akademik yozuv va axborot Reja:

  • O`zbek adabiy tili me’yoriy ko`rinishlari
  • Me’yor - tilning yashash shaklidir.
  • Adabiy til normasi

Til va nutq tizimida me’yor o`ziga xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo`yilgan.

Nutq madaniyati to`g’risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va o`rinsiz ishlatilishi to`g’risida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`g’ri yoki noto`g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.

Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, adabiy tilning o`z me’yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, jargonlar ham o`z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko`rsatiladi:

1. Dialektal me’yor.

2. So`zlashuv nutqi me’yori.

3. Argolar, jargonlar me’yori.

4. Adabiy til me’yori51.

Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisa-larini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo`lmagan.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling