Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o`z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi. Adabiy norma va nutq madaniyati mummolarini atroflicha tadqiq etgan E.Begmatov adabiy normaga xos quyidagi mezon va xususiyatlarni belgilaydi: Adabiy norma va nutq madaniyati mummolarini atroflicha tadqiq etgan E.Begmatov adabiy normaga xos quyidagi mezon va xususiyatlarni belgilaydi: «1. Adabiy norma obyektiv mavjud va moddiy bo`ladi. 2. Adabiy norma ongli ravishda ishlangan (normalan-gan, kodifikasiyalangan) bo`ladi. 3. Adabiy norma(normativlar) maxsus tanlangan va baholangan bo`ladi. 4. Adabiy norma (normativlar) muayyan qat’iy qoida-larga solingan (reglamentasiya qilingan) bo`ladi. 5. Adabiy norma yozuvda, yozma manbalarda mustahkam-langan (fiksasiya qilinan) bo`ladi. 6. Adabiy norma (normtivlar) nufuzli, mo`tabar manbalarga tayanadi. 8. Adabiy norma zamonaviy bo`ladi va u tilning zamonaviy (sinxron) holatiga tayanadi. 9. Adabiy norma jamiyat a’zolarining adabiy ko`nikmalariga asoslangan bo`ladi. 10. Adabiy norma konkret adabiy tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi, undan oziqlanadi. 11. Adabiy norma barqaror (stabil) bo`ladi. 12. Adabiy norma mo`tadil rivojida o`zgaruvchan, rivojlanuvchan (dinamik) bo`ladi. 13. Adabiy norma an’anviy (tendensioz, qaysar) bo`ladi. 14. Adabiy norma (normativlar) muayyan qolipga, modellarga solingan (standart, turg’un) bo`ladi. 14. Adabiy norma (normativlar) muayyan qolipga, modellarga solingan (standart, turg’un) bo`ladi. 15. Adabiy norma variantdor bo`ladi. 16. Adabiy norma(normativlar) tipik bo`ladi. 17. Adabiy norma xalq sheva va lahjalaridan ustun turuvchi normadir. 18. Adabiy norma namunaviy va mo`tabar normadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |