Yozma muloqot

Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalari-ning nutq madaniyati doirasida o`rganilis

Download 1.68 Mb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1733456
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu Akademik yozuv va axborot

Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalari-ning nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas.

Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Me’yorga nisbatan qo`llaniladigan umumiylik va xusu-siylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashi-ladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o`zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.

Shunday qilib, bir tomondan, o`zbek tiliga tegishli bo`lgan barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo`llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo`lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushuncha-si o`zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko`rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo`lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi».

«Adabiy til normasi – bu muayyan qoidalari ostiga olingan, barqaror, shu bilan birga doimo rivojlanib boruvchi, o`zgarib turuvchi, variantdorlik xususiyatiga ega bo`lgan, til tizimi tomonidan yo`l qo`yilgan til hodisalarining yig’indisi bo`lib, tildan foydalanuv-chilar nutqida mustahkamalangan, shuningdek, adabiy tilda so`zlashuvchilar uchun umummajburiy bo`lgan lisoniy hodisadir54».

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling