O’zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlari
O‘zbek adabiy tili taraqqiyotini davrlashtirish
Download 59.23 Kb.
|
O‘zbek adabiy tili taraqqiyotini davrlashtirish. Adabiy til umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallashtirilgan va ma’lum bir me’yorga solingan shaklidir. Demak, o‘zbek adabiy tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat bo‘lgan o‘zbek milliy tilidan farqlanadi. O‘zbek adabiy tili o‘zbek millatiga tegishli bo‘lganligi sababli milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi va u bilan butun-qism munosabatida bo‘ladi. O‘zbek adabiy tili uzoq davom etgan tadrijiy taraqiyotga ega. Uning tarixi oltita davrni o‘z ichiga oladi:
I. Eng qadimgi turkiy til (V asrgacha). II. Qadimgi turkiy adabiy til (V-X asrlar). III. Eski turkiy adabiy til (XI-XIII asrlar). IV. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrning 1-yarmi). V. Yangi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning 2-yarmi). VI. Hozirgi o‘zbek adabiy tili(XX asrdan boshlab). I bosqich. Eng qadimgi turkiy tilni Markaziy Osiyo hududlarida yashagan qadimgi sak va massaget qabilalari tiliga xunn, yuyechji hamda boshqa turkiy qabila va urug‘larning tili aralashuvidan hosil bo‘lgan til tashkil etgan. Bizgacha bu tilda yaratilgan birorta yozma manba yetib kelmagan. Biroq arxeologiya, etnografiya fanlari mazkur tipdagi til mavjud bo‘lganligi haqida guvohlik beradi. II bosqich. Qadimgi turkiy adabiy til Turk hoqonligi barpo bo‘lgandan to Qoraxoniylar davrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda run (O‘rxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d, manixey, braxma yozuvlarida bitilgan yodgorliklar bizgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar toshlarga, terilarga, yog‘ochlarga bitilgan. Yodgorliklarning eng mashhurlari turk hoqonlari va sarkardalari Kultegin, Tunyuquq, Bilga hoqon sha’niga qo‘yilgan tosh yozmalardir. Yodgorliklar O‘rxun daryosi bo‘ylaridan (Mo‘g‘uliston) topilgani uchun O‘rxun yodnomalari yoki turk, run, dulbarjin yozuvlari deb ham yuritiladi. Yodnomalar XIX asrning ikkinchi yarmida topilgan. Ularni V.Tomsen o‘qishga, birinchi marta V.Radlov tarjima qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga o‘xshash yodnomalar keyinchalik Enasoy daryosi bo‘ylaridan, Talas vodiysidan ham ko‘plab topilgan. Qadimgi turkiy til o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: 1.Bu til fonetik jihatdan d-lovchi til hisoblanadi, ya’ni bugungi y, z tovushlari o‘rnida d tovushi ishlatilgan: adoq (oyoq) adg‘ (ayiq), edgu (ezgu) kabi. 2.Morfologik jihatdan ham o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan. Masalan tushum kelishigi -g‘/-g qo‘shimchasiga, jo‘nalish kelishigi esa g‘aru/qaru/garu shakliga ham ega bo‘lgan: budunug‘ (xalqni), Uyg‘urg‘aru (uyg‘urga)1 kabi. Sifatdagi va ravishdagi shakllarning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari ishlatilgan: oltachi (o‘lajak), udimat (uxlamay). Shart mayli -sar shaklida bo‘lgan: borsar (borsa). (Bular haqida «Qadimgi turkiy til» kursi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalardan batafsil ma’lumot olasiz). Download 59.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling