Fonetika 10 (fonetik hodisalar) 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan?


Download 353.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.07.2023
Hajmi353.22 Kb.
#1660882
Bog'liq
fonetik hodisalar test



Fonetika 10 (fonetik hodisalar) 
1. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko'ra 
quyidagi so'zlarning qaysi biri xato yozilgan? 
A) parvoyim B) obro'yim C) avzoyim D) orzuyim 
2. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so'zda fonetik 
jihatdan til oldi, sirg'aluvchi, jarangli birgina 
tovushdan tashkil topgan qo'shimcha mavjud? 
A) Birdan osmon guldurab, sharros yomg'ir quydi-yu, 
tinchidi. 
B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan 
Mahmudning mudroq ko'zlari katta ochildi. 
C) Aqlli o'zini ayblar, aqlsiz — do'stini. 
D) Ishlar shuncha ko'payib ketdiki, bosh qashishga 
vaqt yo'q. 
3. 1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog'moq; 4) chiqmoq; 
5) egmoq.
Ushbu fe'llardan o'tgan zamon sifatdoshi 
yasalganda ularning qaysi biri fonetik qoida 
(yozuv) asosida yoziladi? 
A) 2, 4
B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4
D) 2 , 3 , 4 , 5
4. eg(qayir), ek (ko'chat ek) so'zlariga -gan 
qo'shimchasi qay tarzda qo'shiladi? 
A) eggan, ekgan 
B) ekkan, ekkan shaklda qo'shilib, shakldosh so'zlar 
hosil bo'ladi. 
C) eggan, ekkan
D) egkan, ekkan 
 
5. Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa 
kuzatiladi? 
A) qiynaldi, sanadi
B) ma’naviy, o‘ksigan 
C) yumshoq, foydali 
D) o‘ynovchilardan, bog‘ga 
6. Sonorlar (ovozdorlar) berilgan qatorni toping. 
A) b, p, v, f, m
B) m, n, l, r, y 
C) l, m, n, r, ng
D) f, m, n, r, y 
7.
Ona - u, bag‘rida millat beshigi, 
Qalbida yopilmas qadr eshigi, 
Allasi oromdir - hayot qo‘shig‘i, 
Ayol omon bo‘lsa, dunyo go‘zaldir. 
(Mahmud Toir) 
Ushbu she’riy parchada qanday fonetik 
o‘zgarishlar uchraydi? 
A) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush 
tushishi 
B) tovush almashishi, tovush ortishi 
C) tovush almashishi, tovush tushishi 
8. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z 
qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? 
A) Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi. 
B) Bir nafasda olamni kezar. 
C) Tilsiz aql o‘rgatar. 
D) Tig‘ yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi. 
9. Qator undoshlar ifodalangan so‘z berilgan 
javobni belgilang. 
A) Istiqlol
B) istara
C) Estrada 
D) ishtirok 
10. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz 
pasaydi. 
Ushbu gapda qanday fonetik o‘zgarish ro‘y 
bergan? 
A) tovush tushishi va almashishi 
B) tovush orttirilishi va tushishi 
C) tovush almashishi va orttirilishi 
D) tovush almashishi 
11. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar 
qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin deb yumshoq 
o‘rindiqqa o‘tqazdi. 
1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 
3) tovush ortishi 
A) 2, 3
B) 1, 2
C) 1, 2, 3
D) 1, 3 
12. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi 
hodisalarning ijtimoiy va madaniy 
ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan 
nechta yopiq bo‘g‘in bor? 
A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta 
13. Ko‘p ishlovchi ko‘p yashaydi. 
Ushbu gapda fonetik hodisalarning qanday turi 
mavjud? 
A) tovush tushishi
B) tovush ortishi 
C) tovush almashishi 
D) tovush tushishi va almashishi 
14. Do‘stning senga qanchalik muhabbati 
borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng 
yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda 
hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin 
ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga 
ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. 
Ushbu matnda fonetik o‘zgarishlarning qaysi turi 
kuzatiladi? 
A) tovush tushishi, tovush ortishi 
B) tovush ortishi, tovush almashishi 
C) tovush tushishi, tovush almashishi 
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush 


almashishi 
15. Sovuqni sovuq saqlar, Issiqni issiq. (Termos) 
Ushbu topishmoqda qanday fonetik o‘zgarish yuz 
bergan? 
A) tovush tushishi, tovush ortishi 
B) tovush ortishi, tovush almashishi 
C) tovush tushishi, tovush almashishi 
D) tovush tushishi, tovush ortishi, tovush 
almashishi 
16. Qaysi maqoldagi yasama sifat fonetik o‘zgarish 
asosida yozilgan? 
A)
Nomardga yalinma, 
Bir baloga chalinma. 
B)
Issiq kiyim tanni ilitar, 
Issiq so‘z jonni ilitar. 
C)
Aqlsiz do‘stga kular, 
Aqlli do‘stini suyar. 
D)
Qarindoshingni yomonlab, 
Qaydan tug‘gan toparsan? 
17. Qaysi so‘z tarkibida bitta tovush tushishi, bitta 
tovush almashishi hodisasi yuz bergan? 
A) sayroqi
B) yig‘loqi
C) qiynog‘i D) qaynoq 
18. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlarni 
belgilang. 
1) angla; 2) bitta; 3) yig‘la; 4) og‘gach; 5) sog‘ga; 
6) pedagogga; 7) boqquncha; 8) chohga 
A) 1, 2, 3, 4, 7
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 
C) 1, 2, 3, 7
D) 1, 3, 4, 8 

Download 353.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling