O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
Nazorat tpshiriqlari:
Abu Nasr Forobiyning hayoti haqida fikringizni bayon eting. (kategoriya -bilish) Abu Nasr Forobiyning entsiklopedist olimligini asoslashga harakat qiling. (kategoriya-bilish) Abu Nasr Forobiyning tilshunos olimligini izohlang. (kategoriya-bilish) Abu Nasr Forobiyning til falsafasiga doir fikrlarini sharhlang. (kategoriya-bilish) 2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Abu Rayhon Beruniyning hayoti bilan talabalarni qisqacha tanishtirish. Beruniyning qomusiy olimligini qayd etish. Tilshunoslik faoliyatini sharhlash. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Talabalarni Abu Rayhon Beruniy hayoti bilan qisqacha tanishtiradi. 2.2. Abu Rayhon Beruniyning qomusiy olimligini sharhlaydi. 2.3. Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik faoliyatini izohlaydi. 2-asosiy savolning bayoni: Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy O’rta asrda juda og’ir mashaqqatli umr kechirishiga qaramay, o’zining ilm-fan, ma’rifatga qo’shgan hissasi bilan butun dunyoga faylasuf, munajjim, matematik, fizik, dorishunos, adabiyotshunos, tilshunos, pedagog, tarixchi va boshqa fanlarni ham yaxshi biladigan qomusiy olim sifatida tanildi. Nemis olimi E.Saxaun Beruniyga “Fan okeanida yakka-yu yagona kommandir”, deb yuksak baho berdi. Demak, Beruniyning O’rta Osiyo fani va madaniyatigagina emas, jahon fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi kattadir. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ko’hna Xorazmda tug’ilib, yashab, ijod etgan olimdir. U boshlang’ich ta’limni qishlog’idagi maktabda olgan, so’ngra yirik munajjim Ibn Iroq ta’lim–tarbiyasida ulg’aydi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi mahalliy madrasalarida va mashhur ustozlardan ta’lim olishiga yordam bergan. Beruniy yoshligidanoq ko’p tillarni o’rganishga kirishgan. U xorazm (sug’d), arab, fors, yunon (grek), sanskrit, eski yaxudiy tillarini puxta o’rganadi. V.V.Bartold o’zining “Istoriya kulturnoy jizni Turkestana” asarida Sharqda dastlabki akademiyalar tashkil topa boshlaganligini qayd etadi. Ko’plab madrasalar yuzaga kelgan. Birgina Samarqandda 10 dan ortiq madrasa bo’lgan. Bag’dodda “Baytul hikmat” (akademiya), Urganchda “Donishmandlar uyi», Xorazmshoh Ma’mun nomi bilan “Ma’mun akademiyasi” tashkil topgan. Ma’mun akademiyasida u 7 yil rahbarlik qildi. Akademiyaga olimlarni to’pladi, o’zi ham dars berdi. Ma’mun akademiyasi ilm-fanni rivojlantirish uchun katta dargoh bo’ldi. Beruniy 1048 yil 2 dekabrda 76 yoshida G’aznada vafot etadi. Agar Beruniy uchun ibn Iroq Al-Xorazmiy, Farobiy va boshqa olimlarning ilmiy ijodi fan asoslarini egallashda maktab vazifasini o’tagan bo’lsa, Ibn Sino, Masixiy, Abu Ali Hasan, Umar Hayyom kabi ko’plab olimlar uchun Beruniyning ijodi ta’lim tarbiya maktabini o’tagan. Hozir ham Beruniyning ilmiy asarlari Sharqda ham, G’arbda ham maktab vazifasini bajarayapti. Beruniy ko’p qirrali qomusiy olim edi. U til-adabiyot, she’riyat, xalq og’zaki ijodi sohasida ham ko’p qirrali ishlar qildi. U mohir tarjimon, nozik tabiat shoir, tilshunos, adabiyotshunos edi. U o’sha davrning tilshunos olimi sifatida boy meros qoldirdi. Tilning kelib chiqishi, so’zning kelib chiqishi, atamalar, sinonim va omonimlar, turli tillardan o’zlashgan so’z va atamalar, ularning ahamiyati haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Ammo keyingi asrlarda fanning bu sohalari sharqda ma’lum tushkunlikka uchrab, rivojlantirish uyoqda tursin, hatto erishilgan yutuqlar ham o’rganilmadi. Beruniy kabi olimlar yozgan kitoblar yagona nusxada qolib, undan ko’pchilik bahra olmadi, deb kuyunib yozgan edi beruniyshunos olim Abdusodiq Irisov. Bizga hozir ma’lum bo’lgan “Hindiston o’tmish avlodlar yodgorligi”, “Minerologiya”, “Geodeziya”, “Saydona” nomli asarlarida til va adabiyot, she’riyat haqidagi fikrlar o’rin olgan. Xususan olimning “Saydana” asarini kuzatar ekanmiz, Beruniyning til bilimini qay darajada chuqur egallaganligining guvohi bo’lamiz. Mazkur asarda 4500 dan ortiq arabcha, grekcha, suriyacha, forscha, sug’dcha, turkcha va boshqa tillardagi o’simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar nomlarini to’playdi. Ularni izohlaydi. O’z-o’zidan mazkur lug’at o’z davrining etimologik, tarjima, dialektologik, izohli lug’atining ajoyib namunasiga aylandi. Chunonchi, olim o’trunj so’ziga sharh berar ekan, uni Nishopurda va oddiy so’zlashuvda aksar turunj, siriyacha atruka, forscha bodring, lotincha tsitron deyilishini qayd etadi. Shundan so’ng bodring so’zining etimologiyasi, uning shakli, mazasi va h.k. haqida to’xtaladi. Beruniy til haqida gapirib, «til bu bizning so’zlash qurolimiz, til so’zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir” desa, M.Qoshg’ariy “odamlar bir-birlarini so’zlashib anglaydilar, hayvonlar esa hidlashib” kabi fikrlarni o’rtaga tashlagan. Yusuf Xos Xojib esa bu haqda shunday yozadi: “Tanasida joni bor kishi uchun keragi ushbudir, biri til va so’z, biri ko’ngul (tafakkur)dir ”. Beruniy tilni kishilar o’rtasidagi aloqa va fikr almashuv vositasi ekanini qayd qilibgina qolmay, balki til ilmi barcha fanlarning asosi, fanlarni o’rganish kaliti deb bilgan va boshqa tillarni jiddiy o’rganishga e’tibor bergan. U hind tili haqida gapirganda til ilmining tabaqalanishiga katta e’tibor bergan. Hind ishlatadigan til oddiy xalq ishlatadigan shevalar, fozillar ishlatadigan tilga, ya’ni sarf (morfologiya), mitixox(etimologiya), nahv (sintaksis) va balog’atning nozik qoidalariga asoslangan sof tilga (adabiy tilga) bo’linishini, hamda sheva va adabiy til o’rtasidagi farqni hind tili misolida isbotlab beradi. Ko’rinib turibdiki, tillar o’rtasidagi farq asosan so’zlar, ya’ni fonetik birliklar orqali yuzaga keladi. Dialekt bilan adabiy til o’rtasidagi ma’lum normaga solingan til bilan jonli so’zlashuv tili o’rtasidagi farq hind tili faktlari asosida tadbiq qilinadi. Beruniy kishilarning tillarini bir-biridan farq qilishni ham materialistik nuqtai-nazardan tahlil qildi. “O’tmish avlodlar yodgorligi» asarida tillarning turlicha bo’lishiga sabab, odamlarning har biridan yoki umuman guruhlarga ajralishi, bir-biridan uzoq yashashi, ular turli xohishlarni ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga extiyoj tug’ilishidan, deb uqtiradi. Uzoq zamonlar o’tishi bilan yangi yaratilgan so’z va iboralar ko’payib yodda saqlangan va takrorlanishi natijasida tartibga tushgan, deb hisoblanadi. Bunda olim tilning dialektik paydo bo’lishi va rivojlanishi, milliy tillarga ajralishi va taraqqiyoti to’g’risida to’g’ri fikr yuritgan. Uning qarashlarida so’z bilan ma’no birlikda qaraladi. Chunki ma’nosiz so’z kishilar o’rtasida aloqa vositasi bo’la olmaydi. U so’z o’z ma’nosi orqali tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlari va sifatlari haqida turli ma’lumotlar beradi. So’z ma’nosi bilan tushuncha o’rtasidagi aloqa til bilan tafakkur birligida namoyon bo’ladi. Shuning uchun boshqalar qatori Beruniy ham til va tafakkurning ahamiyatini bir butun holda idrok etadi. U tafakkur jarayoni nutqda so’zlarda ifodalanishini qayta-qayta ta’kidlaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling