O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet25/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

3-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Nutq tovushlarining nutq a’zolari bilan bog’liqligi haqidagi Ibn Sino g’oyalari bilan talabalarni tanishtirish. Bu fikrning hozirgi tilshunoslikka munosabatini belgilash.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Ibn Sinoning nutq a’zolari va nutq tovushlari haqidagi qarashlarini izohlaydi.
3.2. Ibn Sinoning fonetika sohasidagi fikrlarining hozirgi tilshunoslikka munosabatini belgilaydi.
3-asosiy savolning bayoni:
Qomusiy bilim egasi bo’lgan Ibn Sinoni dunyo tengsiz tabib sifatida tan olgan. Uning mashhur “Qonun fi-tib” asari bilan birga “Asbobi xudut al xuruf”i tilshunoslik uchun g’oyat qimmatlidir. Hijriy 415, milodiy 1024 yilda Tehronda bitilgan mazkur asarning Qohira, Tehron, Tiflis, Toshkent nashrlari mavjud.
Asar asosan arab tili tovushshunosligiga doir bo’lib, ayrim o’rinlarda fors, turk tillariga ham murojaat etiladi.
Asarning mundarijasi:

  1. Tovushning paydo bo’lish sabablari haqida.

  2. Nutq tovushlarining paydo bo’lish sabablari haqida.

  3. Bo’g’iz va tilning anotomiyasi haqida.

  4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo’lishidagi o’ziga xos xususiyatlari haqida.

  5. Bu tovushlarga o’xshash nutq tovushlari haqida

  6. Bu tovushlarning nutqiy bo’lmagan harakatlarda eshitilishi haqida.

Asarda nutq tovushlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, olim ularni so’zni hosil qilishda asosiy manba deb qaraydi. Xususan, ularning hosil bo’lishida nutq a’zolarining ishtiroki, unda havoning tebranishi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, bugungi tovushshunoslik fanidagi izohlar, sharhlar go’yo Ibn Sinoning ushbu sohadagi g’oyalarinipng tadrijiy davomiga o’xshaydi.
Hozirgi zamon tovushshunosligida fizik tovushlar bilan nutq tovushlar farqlab tushuntiriladi. Zero, bunday sharh Ibn Sinoda mavjud bo’lib, olim ularning avvalgisini “savt”, keyingisini “harf” deb ataydi.
Hozirgi tovushshunoslik fanining nutq tovushlarining shakllanishida hisobga olinadigan uch tomoni jihatidan ham Ibn Sino qarashlari bilan hamahonglik mavjud:

  1. Ko’krak qafasida paydo bo’ladigan diafragma va ko’krak muskullari orqali harakatga keladigan havo to’lqini.

  2. Havo to’lqinining nutq organlarining turli nuqtasida to’siqqa uchrashi.

  3. Tovushga turlicha tembr ottenkasi beradigan va ayrim akustik belgi hosil qiladigan rezonator. Ibn Sino tomonidan nutq tovushlarining hosil bo’lishi uchun qo’yilgan bu talab nafaqat o’zbek tilshunosligi, balki umumtilshunoslik uchun ham bugun asosiy mezon bo’lib xizmat qilmoqda.

Ibn Sino tomonidan “musannitadeb unliga, “samita” deb undoshlarga nutq tovushlarining ajratilishi hozirgi jahon tilshunosligi uchun ham juda qulay guruhlashtirilish bo’lib xizmat qilmoqda. Undosh tovushlarning paydo bo’lish o’rni, usuli, sifat va miqdor belgilariga qarab hozirgi tilshunoslikdagi guruhlashtirilish ham Ibn Sino sharhining tadrijiy davom etishidir.
Ibn Sino tana a’zolarini, ularning vazifalarini mukammal bilganligi bois nutq tovushlarini hosil qilishda nutq a’zolarining qay darajada qatnashishini ham hayrat qolarli darajada sharhlaydi. Xususan til va bo’g’iz harakatlarini juda izchil izohlaydi. Bugungi jahon tilshunosligi undosh tovushlarni tilning harakatiga qarab guruhlashtirishda, shubhasiz, Ibn Sino tavsifiga amal qiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling