O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Download 1.77 Mb.
bet30/88
Sana15.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1481960
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Nazorat topshiriqlari:
1. X-XI asr va o’sha davr tili haqida ma’lumot bering.
2. Mahmud Qoshg’ariy hayoti, ijodi va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot bering (kategoriya-bilish).
3. Turkiy tillar tarixini o’rganishda "Devonu lug’otit turk"ning tutgan o’rnini qanday belgilaysiz?
4. "Devonu lug’otit turk"ning yozilishi, nashri haqida izoh bering.
5. Asarda olim qo’llagan usullarni sharhlang.
6. Tilshunoslikda, xususan, turkiy tilshunoslikda olim ochgan til qonuniyatlaridan ayrimlarini sharhlang. (kategoriya-analiz).
7. Olimning yangi nazariya asoschisi ekanligini asoslang.
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
"Devonu lug’otit turk"dan ba’zi asoslar keltirish. Keltirilgan misollar asosida o’sha davr tilining hozirgi turkiy tillarga, o’zbek tiliga munosabatini belgilash. Talabaning e’tiborini so’zlar taraqqiyotiga qaratish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. "Devonu lug’otit turk"dan ba’zi so’zlarni keltiradi va ularni sharhlaydi.
2.2. Keltirilgan so’zlar asosida ularning hozirgi turkiy va o’zbek tiliga munosabatini belgilaydi.
2.3. Talabalar diqqatini so’zlarda yuz beradigan tadrijiy taraqqiyotga qaratadi.
2-asosiy savolning bayoni:
Mahmud Qoshg’ariy yirik tilshuos olim sifatida harf bilan tovush munosabati, so’zlarning shakli va ma’nosi, talaffuz me’yoriga e’tibor beradi. Hatto har bir qabilaning tilida qanday talaffuz qilinishi va uning adabiy qolipga munosabati masalasini sharhlaydi. O’sha so’zning qabilalar tiliga munosabatini ko’rsatadi. Shuning uchun bu o’rinda "Devon"dan ba’zi so’zlarni keltirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Aba I - ona (o’g’uz) 1,113
Aba II - ota (tubut) 1,113
Avinch - ovunish, do’stlik. 1,152
Avinchu – ovunchoq. 1,153
Avya - ayva, behi. 1.137
Avlati - ovlatdi. 1,264
Adash - do’st, o’rtoq. 1,92
Ajun - dunyo, olam, jahon. 1,106
Azaq – oyoq. 1,96
Azig’ I – ayiq (o’g’uz, qipchoq, yag’mo).1,94
Azig’ II - xushyor. 1, 445
Azg’ir – ayg’ir. 1,121
Aya - kaft. 1,113
al I - ov hiyla, aldov. 1,94
al II - ol, qizil. 1,185
alim - olim, olinadigan qarz.1,105
alimg’a - shoh maktublarini turk xati bilan yozuvchi kotib. 1,161
alma - olma (o’g’uz) 1.150
alimla - olma. 1,156
alp - botir. 1,77
alpag’ut - engilmas kurashchi, botir. 1,161
alqindi - 1.tamom bo’ldi, tugadi. 2.o’ldi. 1.255
ando’z - erdan qazib olinadigan o’simlik ildizi. 1,138
aniz - don o’rib olingan er . 1,120
apa - ona (qarluq, turkman). 1,113
ari yog’i - asal (chigil). 1,115
armut - olmurt, nashpati. 1,120
arhar – tog’ echkisi. 1.139
atach - kichraytirish "otasiga o’xshash". 11,84
ataqi - otaginam, otajonim. 1,155
ezgu - yaxshi. 1,149
yozuq II - gunoh. 1, 211
yozuq III - echilgan. 111,23
yay - bahor. 111,175
yamg’ur – yomg’ir. 111,45
yag’mur – yomg’ir. 111,45
kirpik - kiprik. 1,143
kishadi – bog’ladi (otni yoki qulinni). 111,283
kishan - tushov. 11,21
kishi I - kishi, odam, odamlar. 111,244
kishi II - xotin. (yag’mo) 111,244
kok I - asl, tomir, tag-tug (o’g’uz) 11,328
kok II - egar chilviri. 11,146
kok III - osmon. 111,146
kok IV - mehnat va mashaqqat. 1,148
kok V - ko’k. 1,317
kok VI - kend ko’ki.shahar ko’kalamzori. 111,146
kok yulut – tuk, ko’k rang. 111,177
kyokldadti – to’qitdi. 14,379
kokladi I – bog’ladi. 111,315
kokladi II - ko’k edi. 111,315
kosh - rang bildiruvchi so’zlardagi kuchaytirish ma’nosini bildiruv-
chi element. 1,51
komach - ko’moch. 1,51
kon I - xom teri. 111,154
kon II - odam terisi. 111, 154
konul - ko’ngil. 111, 377
kopchuk - ko’pchik, egarning ustiga qo’yiladigan yopuq (o’g’uz). 1,143
kuzagu - kuyov. 111,18
kuzagu - kosov. 1,418
kun I - quyosh. 1,327
kun II - kun,kundo’z. 1,327
kuni - ikkinchi xotin. 111,255
kurgak - ko’rak. 11,335
mengzadi - o’xshadi. 111,411
mengiz I - xol. 1,94
mengiz II - o’xshaydi. 11,413
mung I - mung tog’a - voyaga etganda chiqqan tish. 111,371
mung II - mung, baxtsizlik, qayg’u. 111,371
Grammatik ko’rsatkichlar:
Ag’an (sifatdosh yasovchi), ago’ (ot yasovchi), ayin (istak), agu (agu, sifat), agun (agun),agut (agut), a (kel. ravishdosh), a (yuklama), dan (chik kel), din, iban (ravishdosh) va boshqalar.
Ko’rinadiki, devondagi juda ko’p so’z va grammatik ko’rsatkichlar hozirgi turkiy va o’zbek tiligacha etib keldi. Mahmud Qoshg’ariy ulkan tilshunos olim sifatida ularni batafsil qiyosiy tahlil qilib berdi. Shuning uchun Mahmud Qoshg’ariyning tilshunosik faoliyati turkiy fonetika, turkiy dialektologiya, leksikologiya, leksikografiya, etimologiya, grammatika va tilshunoslikning boshqa bo’limlari uchun katta dastur bo’lib hizmat qilmoqda.
Nazorat topshiriqlari:
1. Lug’atda berilgan so’zlarni hozirgi o’zbek tiliga qiyoslab, o’z xulosalaringizni bayon qiling.
2. Mazkur so’zlarni hozirgi ayrim turkiy tillarga qiyoslang.
Xulosalaringizni ayting. (kategoriya-analiz).
3. Bu so’zlarni o’z shevangiz bilan qiyoslang. Mulohazangizni bayon eting. (kategoriya-analiz).
4. Bu so’zlarda yuz bergan tadrijiy taraqqiyotni qanday sharhlagan bo’lardingiz? (kategoriya-analiz).
Talabalar uchun mustaqil ish topshiriqlari:
Mahmud Koshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asarini o’qish o’z muloxazalarini bo’limlar bo’yicha bayon qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Devonu lug’otit turk" uch jildlik. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov. O’ZFA. T. 1960-1963.
2. "Devonu lug’otit turk" indeks-lug’at. G’.Abdurahmonov va S.Mutallibovlar tahriri ostida. "Fan", T. 1967.
3. "O’zbek tili va adabiyoti" jurnali. 1973 yil 6-soni.


Zamaxshariy - tilshunos olim.
“Zamaxshariy - tilshunos olim mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling