O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi
Download 1.77 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiyning – o’zbek adabiy tili va o’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.
"Al-Kashshof"
Az-Zamaxshariy ijodining gultoji bo’lgan va ilm-fan olamida g’oyat keng tanilgan "Al-Kashshof" asari Qur’oni Karimga yozilgan mashhur tafsirdir. Asarning to’liq nomi "Al-Kashshof an haqoiq it-tanziyl va uyun il-aqoviyl fi vujux it-ta’viyl" ("Qur’ondagi berk haqiqatlarni va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko’zlarini ochg’ich") "Al-Kashshof" az-Zamaxshariyning o’ziga ham g’oyat manzur bo’lib, hatto u o’z asari haqida shunday yozadi: "Chindan ham dunyoda tafsirlar behad ko’pdir, biroq ular orasida "Al-Kashshof" kabisi yo’qdir. Agar hidoyat izlasang, "Al-Kashshof"ni takror o’qi, nodonlik bir kasal bo’lsa, "Al-Kashshof" unga shifodir". Ettinchi asrning birinchi yarmida nozil bo’lgan Qur’on musumonlarning muqaddas kitobi bo’lib, u o’z tarixi va madaniy ahamiyati bilan butun Sharq xalqlarining ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bir tomondan, Qur’onning o’sha davr mumtoz arab tiliga xos murakkab uslub va tilda nasriy saj’ shaklida yozilganligi, ikkkinchi tomondan, mazmun ifodasining chuqur va keng qamrovligi, tabiiyki, bu tarixiy yodgorlikni to’liq tushunib anglashni qiyinlashtirgan. Arab tilini bilmagan har bir kishi uni to’g’ri va to’liq tushunishi qiyin bo’lgan. Shu sabablarga ko’ra zarurat tufayli o’rta asrlardan boshlab Qur’onni tafsir yoki sharh bilan o’qish odat tusini olgan. Shu boisdan ham Qur’on nozil bo’lgan davrdan e’tiboran unga bag’ishlangan tafsirlar, sharhlar yozishga katta ehtiyoj sezilgan. Turmush taqozosi bilan mana shunday vaziyatda islom tarixida Qur’onga bag’ishlangan ko’pdan-ko’p tafsirlar, sharhlar (asosan arab tilida) vujudga kelgan. Az-Zamaxshariy ham avval o’zidan oldin yaratilgan Qur’on tafsiriga bag’ishlangan ko’plab asarlarni qunt bilan o’rganib, o’z asarida ulardan unumli va tanqidiy ravishda foydalangan. Natijada mukammal bir tafsir, ya’ni "Al-Kashshof" vujudga kelgan. Bu asar az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida uch yil davomida (1332-1334) yozilgan bo’lib, bu haqda muallifning o’zi asariga yozgan muqaddimasida ham qayd qilib o’tgan. Bu o’rinda az-Zamaxshariyning buyuk xizmatlaridan yana biri shundaki, u o’z tafsirini yozishda har xil sabablarga ko’ra keyingi avlodlarga etib kelmagan, o’sha paytda mashhur bo’lgan tafsir, hadis, fiqx, ilm al-qiroat, nahvu sarf, adab va boshqa ilmlarga oid ko’plab manbalardan unumli foydalangan. Asarda, ayniqsa, Qur’onning filologik tahliliga katta e’tibor berilgan, shu sababli ham uning filologik qimmati benihoya katta. Nemis sharqshunosi Karl Brakkelman dunyoning turli qo’lyozma fondlarida "Al-Kashshof"ning yuzga yaqin qo’lyozmasi va unga yozilgan yigirmadan ortiq sharh va hoshiya borligi haqida ma’lumot beradiki, bu dalil az-Zamaxshariyning ushbu asarining katta shuhratidan va muhim ahamiyatidan dalolat beradi. Darhaqaqat, arab olimlari yakdillik bilan ta’kidlashlaricha, az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" asari har xil davrlarda Qur’onga yozilgan tafsirlar ichida etakchi o’rinlardan birini egallagan. Bu asar hozirgi vaqtgacha arab mamlakatlarida ko’plab musulmon ahli, ayniqsa, olimlar uchun eng zaruriy kitoblardan biri hisoblanadi. Qohiradagi butun dunyoga mashhur "Al-Azhar" diniy dorilfununining talabalari esa az-Zamaxshariyning "Al-Kashshof" asari asosida Qur’onni va uning tafsirini o’rganib, undan muhim bir dastur sifatida foydalanadilar. Bu asar dunyoning turli shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan. Toshkentda, jumlaadan, Movarounnaxr musulmonlari Diniy boshqarmasining kutubxonasida va O’zbekiston Respublkasi Fanlar akademiyasi Hamid Sulaymonov nomidagi qo’lyozmalar instituti fondida ham "Al-Kashshof"ning turli davrlarda ko’chirilgan bir qator nodir nusxalari saqlanmoqda. Ko’rinib turibdiki, Xorazmlik buyuk alloma az-Zamaxshariy keyingi avlodlarga beqiyos boy madaniy meros qoldirgan. Shuning uchun uni "Ustoz ul-dunya" ("Butun dunyoning ustozi"), "Ustoz ul-arab va l-ajam" ("Arablar va g’ayri arablar ustozi"), "Faxru Xorazm" ("Xorazm faxri") kabi sharafli nomlar bilan ataganlar. Nazorat topshiriqlari: 1. Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslik faoliyatini sharhlang. 2. Mahmud Zamaxshariyning lug’atchilikka oid asarlari haqida izoh bering. 3. "Muqaddimatu-l-adab" asari haqida so’zlang. 4. Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikning boshqa sohalariga oid asarlarini sharhlang. Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Mahmud Zamaxshariyning "Nozik iboralar"ini o’qib chiqish. 2. Zamaxshariyning tilshunoslikda yaratgan yangi nazariyalarini hozirgi o’zbek tilshunosligida amal qilinayotgan g’oyalar bilan qiyoslash. Shu asosda o’z fikrini bayon etish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rustamov A. Mahmud Zamaxshariy. O’zbekiston SSR "Fan" nashriyoti. Toshkent. 1971. 2. Mahmud Zamaxshariy. Nozik iboralar. Alisher Navoiyning – o’zbek adabiy tili va o’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi. “Alisher Navoiyning – o’zbek adabiy tili va o’zbek tilshunosligi taraqqiyotiga qo’shgan hissasi ” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling